Get Mystery Box with random crypto!

​​Rejalaringizni aytishdan qo'rqmang! Odamlarning psixologiya | « Khurshidbek » Blog

​​Rejalaringizni aytishdan qo'rqmang!

Odamlarning psixologiyasida bir kulguli narsa shakllangan . Hattoki bu narsa ayrim bir tadbirkorlarda ham bor. Bu narsaga men doim qarshi bo'lganman. Yani rejalaringizni boshqalar bilan bo'lishish. Rejalaringizni hech kimga aytmang, doimo bir qadam oldinda bo'ling degan gaplar menimcha o'tgan davrdagi insonlarning gapi bo'lgan bo'lsa kerak.

Shaxsan men rejalashtirayotgan ishlarimni g'oyalarimni boshqalarga aytishdan hech qachon qo'rqmaganman. Zarracha bo'lsa ham bu ideyalarni mendan olib o'zlari qilishadi keyin mening ishlarim o'xshamaydi degan fikrlar ham bo'lmagan.

Shaxsiy nazariyam bo'yicha aytadigan bo'lsam. Haqiqiy kuchli inson o'z rejalarini boshqalar bilan bo'lisha oladi va u bilan raqobatlasha oladi. Men doim o'z g'oyalarimni yaqinlarimga yoki shu soxaga yaqinroq insonlarga aytganimda ular menga har safar juda chiroyli javob berishgan. "Yani modoles zo'r o'ylabsan qil shu ishni odamlar uchun foyda bo'ladi." Degan javobni emas balki bu joyini bunaqa qilish kerakda shunda yaxshi bo'ladi degan gaplar eshitganman. Bu esa mening ideyamdagi kamchiliklarni oddiy bepul usulda topib berish edi. Bu narsa meni doim hursand qilgan. Sababi men boshqalarga aytishdan qo'rqib loyihani ishga tushursam men unda paydo bo'lgan kamchiliklarni yopgunimcha loyihani yopib qo'yish osonroq bo'lsa kerak.

Bu postni yozayotib bir narsa esimda tushib ketti taxminam 2021 ni boshida men bir necha tadbirkorlarga ayrim loyihalarda blogerlardan foydalanishni va vaqt ketqizmasdan boshlashni taklif qilgandim. Eng achinarlisi hech biri fikrimni inobatga olmadi. Bu gaplarimga huddi ertakdek qarashdi. Buni to'g'ri tushunsa ham bo'ladi chunki bu vaqtda blogerlardan biznesda foydalanish hali unchalik kirib kelmagandi. Hozir meni hursand qilgan narsa 2022 yil statistikasiga ko'ra Yevropa, O'zbekiston qisqa qilib aytganda jahon bozorining savodisini blogerlardan foydalanish orqali biznesmenlar 2 barobarga oshirishdi. Ayrim biznesmenlar biznesini 3 4 barobarga ham ko'tara oldi. Bu narsa haqida ko'plab biznes kanallarning postlarini o'qish orqali kuzatishiz mumkin.

Men doim fokusimni bir narsaga qaratganman "Men eng zo'ri bo'lishim kerak" men pul va boshqa narsadan ko'ra asosiy etiborimni shunga qaratganman. Avvalgi ishlagan joylarimda yoki tanishlarim orasida ham doim men ulardan kuchliroq bo'lishga va eng kuchli ishchilar qo'ygan rekordni yangilashga harakat qilganman. Bu rekordni yangilagan vaqtimdan boshlab u joy va odamlar men uchun zerikarli holatga aylangan. Bu mening eng katta minusim edi.

Hozirgi vaqtda biz jamoamiz bilan uddalay olmagan bir loyihamiz ustida yana qaytadan ish olib bormoqdamiz. Biz qachonki ushbu yo'nalish bo'yicha reja qilgan mintaqalarimiz bo'yicha eng zo'ri bo'lmaguncha qayta qayta tajribalar o'tqizaveramiz. Sababi bizning jamoada yengilas insonlar yeg'ilgan. Men tajribali insonlardan ko'ra yoki aqilli insonlardan ko'ra yengilmas insonlarni ustun ko'rganman va shunday bo'lib qoladi.