Get Mystery Box with random crypto!

Umringizni oxirigacha ishlaydigan reja: 1. Boshqalarni ishiga | 𝐊𝐡𝐮𝐝𝐨𝐲𝐛𝐞𝐫𝐠𝐚𝐧𝐨𝐯'𝐬 𝐛𝐥𝐨𝐠

Umringizni oxirigacha ishlaydigan reja:

1. Boshqalarni ishiga aralashishni to’xtatasiz.

2. O’zingizni ishingiz bilan band bo’lasiz.

3. Boshqalarni gapirishni qo’yib, o’zingizni ishingizni qilishni boshlashingiz bilan natijalar ko’rinadi.

4. Engi odamlar sizni ishingiz haqida yaxshi yomon gaplarni gapirishni boshlaydi. Biling bu natija bo’layotganini belgisi.

5. Agar faqat o’zingizni ishingiz bilan ovovra bo’lib, boshqalarni ishiga aralashmasdan, to’g’i, halol ishni rivojlantirishni davom etsangiz, sizni g’iybatchilaringiz endi bo’xtonga o’tadi. Chunki siz ularni yolg’on va o’rinsiz ishlari amalga oshishiga halaqit berishni boshlagan bo’lasiz. Anashu bo’xtonlar sizni ishingizni yaxshi ketayotganini yana bir belgisi.

6. Agar shu yo’lda davom etsangiz pulni o’zi sizni eshigingizga bosh urib keladi.

7. Agar ishingizni maqtanish yoki maqtalish uchun qilayotgan bo’lsangiz, maqsadingizga erishasiz, lekin boshqa hech narsaga erisha olmaysiz.

8. Har qanday ishingiz natija berishi uchun 3 yil vaqt bering va shu 3 yil davomida kuch, mehnat va e’tiboringizni ishingiz rivoji uchun sarflang.

9. Foydangizni 10 dan 1 qismini mubtoj (haqiqiy muhtoj) topib bering. Bugun 1 000 so’m topsangiz shu pulni 10 dan birini berish bilan bu ishni boshlang. Chunki biling, 100 000 pulidan 30 000 so’mini berib yubora olmagan odam, 100 000 000 pulidan 30 000 000 so’mini bera olmaydi.

10. Norozilik bilan qilingan ish 100 yilda natija bersa, Muhabbat bilan amalga oshirilgan ish 1 oyda natija beradi.

Muslim Holdarov

@rovitalk