Get Mystery Box with random crypto!

«Parij-Urganch» yoʻnalishi boʻyicha parvoz yoʻlga qoʻyildi «U | Khodjaev BLOG

«Parij-Urganch» yoʻnalishi boʻyicha parvoz yoʻlga qoʻyildi

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan 13-may kunidan boshlab, Fransiya poytaxti Parij shahrini Xorazm viloyati bilan bogʻlovchi qatnov yoʻlga qoʻyildi.

Parvozlar turizm mavsumi davomida (may-oktyabr oylari) har juma kuni amalga oshiriladi.

A320 samolyoti Parijning «Sharl de Goll» aeroportidan parvoz qiladi va qariyb 6 soatdan keyin Urganch shahriga qoʻnadi.

Aviaqatnov Yevropadan Oʻzbekistonga boʻlgan turizm oqimini ragʻbatlantirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.

Xorazm xabarlari