Get Mystery Box with random crypto!

'Aqlli Avlod' olimpiadasi 'Khiva Education' o'quv markazi va X | "Khiva Education" o'quv markazi

"Aqlli Avlod" olimpiadasi "Khiva Education" o'quv markazi va Xiva shahar xalq ta'limi bo'limi hamkorligida dastlab Xiva shahar maktablari 4-sinf o'quvchilari ichida o'tkazildi!

Olimpiada 2 bosqichdan iborat bo'lib, 1-bosqichi qatnashuvchilar soni cheklanmagan holda maktablarda o'tkazildi. 2-bosqichi esa Khiva Education o'quv markazida bo'lib o'tdi.

1-bosqichida Xiva shahrida joylashgan 17 ta maktabdan deyarli 1300 nafar ishtirokchi qatnashdi va eng yuqori natija ko'rsatgan 331 nafar o'quvchi 2-bosqichda qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

2-bosqichga o'tgan barcha ishtirokchilarga 10%li chegirma sertifikatlari taqdim qilindi.

2-bosqichda esa eng yuqori natija ko'rsatgan 95 nafar o'quvchi qo'shimcha 30%, 20%, 15%, 10%, 5% chegirma sertifikatlariga ega bo'ldilar.

1-5-o'rinni egallagan 5 nafar o'quvchi maxsus esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi!

@khiva_education