Get Mystery Box with random crypto!

XIVA SHAHAR HOKIMLIGI | Khiva media

Telegram kanalining logotibi khiva_city_press — XIVA SHAHAR HOKIMLIGI | Khiva media X
Telegram kanalining logotibi khiva_city_press — XIVA SHAHAR HOKIMLIGI | Khiva media
Kanal manzili: @khiva_city_press
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.47K
Kanalning ta’rifi

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati /
Информационная служба хакимията города Хивы.
www.xivashahar.uz
XivaShaharHokimligi@gmail.com
www.linktr.ee/xiva_city_press

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-09 13:35:57
XAYR-SAXOVAT XALQIMIZGA HOS EZGU FAZILAT!

Xalqimizga xos xislatlar haqida so‘z ketganda, muruvvat va mehr-oqibat, saxovatpeshalik alohida tilga olinadi. Chindan ham, bu kabi insoniy fazilatlar yurtdoshlarimizning kundalik ishlari, niyatlari bilan uyg‘unlashib ketgan.

Binobarin, inson va uning manfaatlari ustuvor sanalgan mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat zamirida ham aholi turmushini yanada farovon etish, ehtiyojmandlarga ko‘maklashish kabi ulug‘vor maqsadlar mujassam.

Ana shu ezgu maqsadlar Qurbon hayiti munosabati bilan yanada jonlandi.

Bayram munosabati bilan shahar hokimi Temur Davletov mahallalardagi bemorlar, keksalar, yolg’izlar holidan xabar oldi.

Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari davom etmoqda.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Biz bilan bo'ling!
Telegram | Web sayt | Instagram | Facebook | Twitter| Youtube
941 viewsXiva shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari, edited  10:35
Ochish/sharhlash
2022-07-09 13:35:57

Qurbon hayitida kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga mehru-saxovat ko‘rsatish xayrli ishlardan biridir. Shunday xayriya tadbirlari Xiva shahrida ham davom etmoqda.

Jumladan, Xiva shahar hokimi Temur Davletov, Nuroniylar jamg’armasi, Mahallava oilani qo’llab quvvatlash bo’limi, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari bilan birgalikda mahallalardagi yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi. Ularga go‘sht, yog‘, guruch, makaron, shakar va boshqa kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Bayram munosabati bilan hayriya ishlari shahrimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Biz bilan bo'ling!
Telegram | Web sayt | Instagram | Facebook | Twitter| Youtube
826 viewsXiva shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari, edited  10:35
Ochish/sharhlash