Hurmatli fuqarolar! 'Ochiq budjet' axborot portalida profila | XIVA SHAHAR HOKIMLIGI | Khiva media
Hurmatli fuqarolar!
"Ochiq budjet" axborot portalida profilaktika ishlari yakunlanganligi munosabati bilan, joriy yilning bugun soat 20:00 dan boshlab ovoz berish jarayonlariga qayta start beriladi.
Avval xabar berganimizdek, Tashabbusli budjet jarayonlari 2-mavsumining ovoz berish davri texnik nosozliklar tufayli yo‘qotilgan kunlarni inobatga olib, ovoz berish jarayoni 5 kunga uzaytirilgan holda joriy yilning 17 sentabr kech soat 23:59 ga qadar davom etishini ma’lum qilamiz.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda Tashabbusli budjet jarayonlaridagi ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildirgan holda ovoz berish jarayonida yanada faol bo’lishingizni so’rab qolamiz.
Xiva shahar hokimligi axborot xizmati /. Информационная служба хакимията города Хивы. www.xivashahar.uz. XivaShaharHokimligi@gmail.com. www.linktr.ee/xiva_city_p...