Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm viloyatida tuman, shahar hokimlari tomonidan taʼlim soh | XIVA SHAHAR HOKIMLIGI | Khiva media

Xorazm viloyatida tuman, shahar hokimlari tomonidan taʼlim sohasiga katta eʼtibor qaratilib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir.

Xususan, Xiva shahar hokimi Temur Ismailovich Davletov tomonidan ham maktablarning joriy va mukammal taʼmirlash ishlarining amalga oshirilishi, maktablarga ichimlik suvini tozalab beruvchi qurilmaning o‘rnatilishi, maktab hojatxonasi taʼmiri, sunʼiy qoplamali sport maydonchalarining qurilishidagi homiyligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bugun viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda mukofotni o‘z egasiga topshirdi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Biz bilan bo'ling!
Telegram | Web sayt | Instagram | Facebook | Twitter| Youtube