Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi! 16-aprel kunid | KHISO| Rasmiy kanal

Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

16-aprel kunida O‘zbekiston Milliy Universiteti matematika fakultetida O‘zbekiston Matematika jamiyati va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida Respublika ochiq olimpiadasi boʻlib oʻtdi!

Andijon, Namangan, Fargʻona, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy
, Buxoro viloyatlari va poytaxtimizdan jami 400 nafar oʻquvchi ushbu olimpiadada bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi!

Gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga medallar, oʻquv markaz uchun vaucherlar hamda "Mantiqiy matematika", "Matematika olimpiada testlari" va Turkiyalik matematiklar bilan hamkorlikda nashr etilgan kitoblarimiz taqdim etildi!

Olimpiada jarayonlaridan fotolarni facebookda rasmiy sahifamizdan olishingiz mumkin: FOTOGALERIYA

Umumiy natijalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin!