Get Mystery Box with random crypto!

Ona sizdek kim sevdi meni?  Sevdim dedim yuzin burdilar, Tik | With me

Ona sizdek kim sevdi meni? 

Sevdim dedim yuzin burdilar,
Tik qaddimni yerga urdilar,
Bedor qilib yallo yurdilar,
Ona sizdek kim sevdi meni? 

Do‘stim bisyor podsho bo‘lsam gar,
Suyganimga kerak tillo-zar,
''Eh ko‘nglim-a bo‘lding darbadar'',
Ona sizdek kim sevdi meni? 

Qiziq emas yorga hasratim ,
Do‘stga kerak faqat davlatim,
Ketar bir-bir ketsa savlatim,
Ona sizdek kim sevdi meni? 

Jonim og‘rib bo‘g‘zimda zardob,
Kundan-kunga ahvolim xarob,
Borin bergan bir oliyjanob,
Ona sizdek kim sevdi meni? 

Peshonamda har kun parvona,
Baxtim tilab baxtdan begona,
Bu dunyoda yolg‘iz-yagona,
Ona sizdek kim sevdi meni? 

Mening xaddim bir siqim tuproq,
Nima kerak bundan ortiqroq,
''Dunyo sevdi'' dedim-a biroq,
Ona sizdek kim sevdi meni? 

Ona sizdek kim sevdi meni?  

@anvarovsblog