Get Mystery Box with random crypto!

#Xovos_IT_Center #Yoshlar_ishlari_agentligi #IT_Park #Axborot_ | IT Center - Xovos tumani

#Xovos_IT_Center
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#IT_Park
#Axborot_texnologiyalari_bilimdoni


Joriy yilning 17-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi Xovos tuman boʻlimi hamda Xovos tuman Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi hamkorligida "Axborot texnologiyalari bilimdoni" musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqada Xovos tumanining 15 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan 17 nafar mahalla yoshlari ishtirok etishdi.

Musobaqa natijalariga ko'ra:
1-oʻrin Muhammadqulov Javohir (Gulbahor MFY)
2-oʻrin Suhbatullayev Ramazon (Tinchlik MFY)
3-oʻrin Olimov Shamshod (Tinchlik MFY) egalladilar.

Tadbir so'ngida faol va g'olib ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.