Get Mystery Box with random crypto!

Boshlangʻich va tajribali dasturchilar uchun moʻljallangan Jav | IT Center - Xovos tumani

Boshlangʻich va tajribali dasturchilar uchun moʻljallangan Java haqida 5 ta eng yaxshi kitobni siz uchun jamladik.

Zamonaviy Java tili. Bu nafaqat IT mavzusidagi eng soʻnggi kitoblardan biri, inchunin u nafaqat Java 8-, 9-, 10- va 11-dagi oʻzgarishlarni qamrab oladi, balki qaysi Java kodlari hozirgi kunda dolzarbligini va kelgusi yillarda ham xuddi shunday boʻlishini koʻrsatadi.
Java: Dasturlarni optimallashtirish. JVMʼning ichki komponentlari, kirish qiyin boʻlgan obyektlarni kuzatish va olib tashlash, JVMʼni sozlash, profillash va boshqalarni oʻz ichiga olgan foydali kitob.
Head First Java. Head First Java – sinflar, obyektlar, oqimlar, toʻplamlar va Generics, enums, oʻzgaruvchan argumentlar yoki avto-boks kabi til xususiyatlari haqidagi asosiy Java dasturlash bilimlarini qamrab oladi.
Java Puzzlers. Kitob asosiy holatlarga, qiyinchiliklarga bagʻishlangan va ularni Java dasturlash tilida batafsilroq tushuntiradi. Agar siz jumboqlarni yoqtirgan boʻlsangiz, unda bu Java haqida judayam foydali kitob.
Java: Samarali dasturlash. Kitob ilgʻor dasturlash amaliyotiga amal qilib, oʻz koʻnikmalarini oshirishni istagan va Java development kitʼga (JDK) hissa qoʻshgan kishini tinglashga tayyor dasturchilar uchun juda foydali.

Qaysi kitobni keyingi sonimizga qo‘shishni izohlarda yozing.