Get Mystery Box with random crypto!

Jamshid Hasanov

Telegram kanalining logotibi khasanov_blog — Jamshid Hasanov J
Telegram kanalining logotibi khasanov_blog — Jamshid Hasanov
Kanal manzili: @khasanov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 492
Kanalning ta’rifi

Eng katta boylik — bu bilim. Eng dahshatli qashshoqlik — bu nodonlikdir.
Самое большое богатство — это ум. Страшнейшая нищета — это невежество.
Creator: @Jamshid_Hasanov

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-08 21:01:12 Xavotirman.

Allohim, go‘zal umidlar ila keldim. Nuqsonlarga ega holimda, kamchiliklarga to‘lgan holimda, ibodatlarga oqsab keldim.

Dunyoga chalg‘igan nafsim ila keldim. Gunohlarga boygan, fursatlarni qo‘ldan chiqargan holimda keldim. Aytganlarimga amal qilolmay keldim, tayyor bo‘la olmay keldim.

Allohim o‘zingga keldim. Avfingdan umidvor holda, juda oz tavbam bilan keldim. Rahmingni istab, jannatlarni istab keldim. Mehringni istab, qilgan ishlarimdan qizargan holimda, huzuringa keldim.

Meni holimga tashlama, ojiz qulingni qabul et!

Shaxzod Isayev
21.04.2022





@khasanov_blog
626 viewsedited  18:01
Ochish/sharhlash
2022-06-07 20:27:08 Foydali podcast bo‘libdi.

#tavsuyu





@khasanov_blog
504 viewsedited  17:27
Ochish/sharhlash
2022-06-05 21:32:10 Sport va ovqatlanish.

1. Hozirgi paytda ko‘pchilik e‘tibor bermaydigan ikki narsa sport va ovqatlanish.

2. Haftada hech bo‘lmaganda bir marta jamoaviy qanaqadir o‘yin o‘ynab tur. Foydali jihati oqibat yo‘qolmaydi va kasal bo‘lish ehtimoli pasayadi.

3. Bir kunda hech bo‘lmaganda 25 ta otjimaniya yoki 10 tacha turnik olishing, kelajakda "dada kuchizni ko‘rsating" degan so‘rov paytida uyaltirib qo‘ymaydi.

4. Ovqatlanish ham xuddi shunday. Fast food, rangli suvlarga pul sarflagandan ko‘ra, vitaminlarga pulingni tik. Qaymoq, sut, meva-chevalar ol. Ichimliklardan dinay yaxshi. Malinaligi :)

5. Talabaman, nima qilay deb yurakni ezma. Bir ilojini qil. Aslida eng sifatli va foydali mahsulotlarni tolibi ilm iste‘mol qilishi kerak.

6. Xullas sog‘lig‘ingga e‘tiborli bo‘l. Oq suvni ichib kayfuyem qilib yurish bu dunyong uchun ham, u dunyong uchun ham zararli ekanligini, man aytmasam ham bilasan.

7. Jamiyatga taqvodor, ilmli, kuchli va sog‘lom jigitler har doim kerak. Shundagina ona farzandiga, singil akasiga, opa ukasiga, xotin eriga mehr, hurmat va ehtirom ila munosabatda bo‘ladi.

P.S
Postdan keyin gantelni joyini qidirma. Trenkani dushanbadan boshlaymiz jigar :)

@khasanov_blog
665 viewsedited  18:32
Ochish/sharhlash
2022-06-02 22:20:34 Barchasiga yetmaydi.

1. Bilginki, aql-idroking barcha ilmlarni ihota eta olmaydi, shuning uchun vaqtingni eng muhimlariga sarflagin.

2. Mol-davlating barcha insonlarni boy qila olmaydi, shuning uchun uni ahli xaqqa(haqiqiy muhtojlar) sarflagin.

3. Sahovating hammaga yetmaydi, shuning uchun ahli fazllarga(fazilatli insonlar) sahovat qilishga intilgin.

4. Kecha va kunduz jon-jahding bilan ishlasang-da, barcha hojatlaringni ravo qilishga yetmaydi. Shuning uchun ishlaring va dam olishing orasida ikkalasini yaxshi taqsimlagin.

Abbos Alaviy.

P.S
Juma muborak bo‘lsin!

@khasanov_blog
531 viewsedited  19:20
Ochish/sharhlash
2022-06-02 20:11:02 1. Biror kitobni ikki marta o‘qisam kerak deb o‘ylamasdim. Ikkinchi marta bitta narsani o‘qish zerikarli bo‘lsa kerak deb o‘ylar edim.

2. Hozir esa "Halqa" kitobini uchinchi mutolaasi tugash arafasida.

3. Agar inson umri davomida 3 ta kitob o‘qishi kerak bo‘lsa, albatta ulardan biri "Halqa", ikkinchisi "Qo‘rqma" kitoblari bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.

4. Insonni inson qilib turgan uch narsa: dini, vatani va millati hisoblanadi. Bu ikki kitobda esa mana shu uch narsa ta‘sirli va tushunarli qilib yoritilgan.

P.S
Kustoni hayratda qoldiradigan yozgi rejalaring ichiga, shu ikki kitobni o‘qishni ham qo‘shib qo‘ysang, Kusto yanada qattiq hayratga tushadi.

@khasanov_blog
499 viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2022-06-01 22:31:18 Dunyoni yamadik, yirtib olib dinimizdan,
Din ham ketdi, dunyo ham ketdi qo'limizdan.

Ibrohim Adham.

@khasanov_blog
473 views19:31
Ochish/sharhlash
2022-05-30 22:02:13 Pulini ber.

1. Dinimizda ilm olishda ham ilm berishda ham, o‘rtada bitta narsa qo‘yiladi. Alloh roziligi.

2. Yoshligimdan diniy ta‘lim berilmagan bo‘lsa ham, manga ilm bergan insonlar pul uchun harakat qilmayotganligini sezardim.

3. Shuning uchun ustozlarimni repetitor sifatida emas, yaqin insonlarim sifatida bilaman. Masalan bog‘cha opam bilan hali ham bordi keldi qilamiz.

4. Ta‘lim olgan dargohlarimda ham biror marta pul sababli chetlatishni ko‘rmagandim.

5. Bugun birinchi marta ko‘rdim. Kontrakt to‘lamaganlarni hammani oldida izza qilib imtihondan chiqarib yuborishdi. Ayb aslida ularda bo‘lmasa ham.

6. Ichim achishib ketdi. Miyamda "nasiniemsin bunaqa o‘qishni" deb yubordim. Aytishardiki katta bo‘lsang ko‘p narsani ko‘rasan va o‘rganasan deb. Ha rostdan shunaqa ekan.

P.S
Postdan sanga bir tiyinlik foyda yo‘q. Chunki san mutasaddi emassan. Manga esa foyda bor. Ichimni bo‘shataman jigar ichimni.

@khasanov_blog
502 viewsedited  19:02
Ochish/sharhlash
2022-05-29 21:37:01 1. Yozganda xato qilmaydigan, gapirganda shevani ishlatmaydigan insonlarga havas qilaman. Sabab oddiy. Ular ko‘p o‘qishgan bo‘ladi.

2. Ona tilidan boshqa tildagi so‘zlarni gap orasiga tiqish esa kamchilik hisoblanadi. Например mana shunaqa :).

3. Ona tilidagi muloqotga "zamonaviy" terminlarning qo‘shilishi yomon oqibatga olib keladi. Oddiy misol 21-asrdagi yozilgan kitobni 22-asr farzandi o‘qiy olmaydi. Meros bo‘lib keladigan ko‘pgina ma‘lumot esa aynan shu yerda yo‘qoladi. Bu esa bir millatning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

4. Nima qilish kerak? Zamonaviy ko‘rinaman deb, tilni bulg‘amaslik kerak. Bilmay ishlatib qo‘yadigan ruscha, inglizcha so‘zlarni esa maksimal kamaytirishga harakat qilish kerak.

5. "Turkiston qayg‘usi" nomli kitobni o‘qiyotib, qiynalib ketganimdan postni yozishga мотивация oldim. Oldinlari o‘zim qilgan ko‘p xatolarni tushunib yetdim.

P.S
Tilni to‘g‘ri ishlatish "Oy yuzli qiz sizni bir daqiqaga mumkinmu" dan boshlanmaydi. Ehtiyot bo‘l :)

@khasanov_blog
465 viewsedited  18:37
Ochish/sharhlash
2022-05-29 00:34:33 Tabriklaymiz Madridistlar!!!
388 views21:34
Ochish/sharhlash