Get Mystery Box with random crypto!

Pul qimirlatadi. 1. Insonlarni u tomondan bu tomonga qimirla | Jamshid Hasanov

Pul qimirlatadi.

1. Insonlarni u tomondan bu tomonga qimirlatadigan eng katta faktor bu - pul.

2. Talaba shasht bilan o‘qiydi. Yaxshi kadr bo‘lay deb. Maqsad - yaxshi joyga ishga kirish va yaxshi pul topish.

3. IT chilar soatlab kompyuter oldida o‘tiradi. Ko‘zni og‘rig‘idan kayf qilgani uchun emas. Kompyuter orqasida yaxshi daromad borligi uchun.

4. Boshliqni xodimga baqirishi ham shundan. Xodim ishni buzsa, ish toxtaydi. Ish to‘xtadimi, foyda ham to‘xtaydi.

5. Bazilar chegaradan "giyoh" o‘tkazayotib qo‘lga tushsa 20 yilga ketishini bila turib, shu riskka borishadi. Bu ham Benjamin tog‘o sababli.

6. "Manga pul qiziq emas, tajriba qiziq" deydiganlar tarvuzni xom joyini yeyibdi. Aslida tajriba ham yaxshiroq joyga ishga kirish uchun to‘planadi. Yaxshiroq joymi, demak yaxshi soqqa.

7. Mol-dunyoni yaxshi ko‘rishimiz haqida bizni yaratgan Zot kitobida aytgan. Shuning uchun "manga pul qiziq emas" deb o‘zingni ham boshqalarni ham aldama.

8. Kulminatsion nuqta shuki, bizlar dunyoga xirs qo‘yishdan qaytarilganmiz. Unda haqiqiy ehtiyoj bilan xirs qanday ajratiladi?

9. Dunyoviy biror narsa uchun oromingni yo‘qotsang, hayotdan manoni yo‘qotsang, demak bu xirs.

10. Lekin mol-dunyo uchun yurakdan siqilish sanda umuman bo‘lmasa va rizqni topish uchun harakat bo‘lsa demak sanda hammasi five.

11. Millat uchun, vatan uchun deydiganlarchi? Aslida ular ham bu gaplarni moliyaviy erkin bo‘lgandan keyin aytishadi. chunki millat rivoji uchun eng kerakli narsalardan biri bu - pul.

12. Bunday insonlarning eng yaxshi tomoni, o‘zlari uchun yetarli bo‘lgan chiziqni bilishadi. Qolgan "millatparvarlar"da esa bunday chegara yo‘q.

@khasanov_blog