Get Mystery Box with random crypto!

Sen ishingni sevib qil, pul o’zi keladi! (Yolg’on) Oxirgi 1.5 | Khamrayev Blog

Sen ishingni sevib qil, pul o’zi keladi! (Yolg’on)

Oxirgi 1.5+ yil qiladigan ishimni eng sevgan davrim deb hisoblayman

Shu vaqt mobaynida kuniga 16 soatlar ishlagan oylarim bo’ldi

Oxirgi yil deyarli har bir kunim kompyuter stoli oldida o’tdi

Hech qachon deadlinedan muammolarim ham bo’lmagan

Oxirgi olgan xulosalarim shuki, pul kerak ekan, ishimni sevishimni o’zi kamlik qilar,

Ishimni shunchaki sevishim bilan qornim to’ymadi, pul o’zi ham qidirib kelmaydi

O’zimni qadrlashni boshladim va men bilan ishlaydiganlarni ishimni qadrlashlarini talab qildim

Endi hammasi o’zgaryapdi shekilli, sizda shu holatlar kuzatilganmi o’zi?

Bu postni bekatda 40 daqiqa avtobusni kutib o’ylab qolib yozdim

Buni ham bekorga yozmagandim

Bizni mediada ko’p aldashgan ekan, balki hozir aldanib kelayotgandurmiz.

Bu xulosa shaxsan o’zimga tegishli va bu voqealar shaxsan o’zimda yuz berdi, bu gaplarim bilan har doim har vaqt shunaqa bo’ladi degani emas

@khamrayevblog