Get Mystery Box with random crypto!

#taqriz Asar o'ziga xos tuzilishiga ega. Unda Rustamning kund | 𝒦𝒽𝒶𝓁𝒾𝒻 𝐿𝒾𝒷𝓇𝒶𝓇𝓎...))📚☕️

#taqriz

Asar o'ziga xos tuzilishiga ega. Unda Rustamning kundaligidan lavhalar va tergov hujjatlaridan ma'lumotlar keltirilgan. Voqealar kuz tasviri bilan boshlanadi va oxirida ham shu tasvir keltiriladi: Kuz o'lim tushagida yotgan bemorga o'xshaydi. Oyoq ostida kasalmand hazonlar ingraydi... Shuncha urinishlari zoye ketganini tushunib olamga ma'yus boqadi. Yer-ko'kni kafandek oppoq tuman chulg'aydi. Oq zulmat orasidan qarg'alarning xosiyatsiz fig'oni eshitiladi.'' Kuzning o'lim to'shagida yotgan bemorga o'xshatilishi, hazonlarning ingrashi, yer-u ko'kni kafandek oppoq tuman qoplashi, qarg'alarning bexosiyat fig'oni asarda qandaydir nohush vaziyatlar bo'lishiga ishora qiladi.

Asar bosh qahramonlardan biri Rustam o'qishni to'xtatib armiyaga ketadi. Armiyadan esa urush bo'layotgan Afg'onistonga jo'natiladi. U Vatani va xalqi uchun emas, sovet hukumatining bosqinchilikdan iborat siyosiy manfaati uchun jang qildi. Temur, Hayriddin, kabi o'ziga o'xshash yosh yigitlarning Afg'oniston hududida bekordan-bekorga o'lib ketishlariga, afg'onlarning urushdan katta azob ko'rayotganlariga guvoh bo'ldi. Urush natijasida u kasallik chalindi.

Asar voqealar markazida turgan qahramonlar: Rustam, uning otası, Komissar Soat G'aniyev, Qurbonoy xolalarning hayoti xuddi tushdagidek ma'nisiz va alg'ov -dalg'ov o'tdi...

Rustam afg'on urushi xotiralaridan qutula olmadi. ... U O'zi sevgan qiz Shahnozaga uylangan bo'lsa ham, ikkalasi bir- birini qattiq sevsa ham ular baxtli bo'lisha olmadi. Bu baxtsizliklarning asosiy sababi urushning salbiy ta'siri edi. Uyga qaytgandan keyingi ketma-ket adolatsizliklar, nohaqliklarga guvoh bo'lishi, ayolining baxtsizligiga o'zini aybdor his etishi uning fojiali o'limiga sabab bo'ldi.

Komissar Soat G'aniyev har bir kitobxonning qalbida nafrat uyg'otadi. U otasining izidan borib, sovet komissari bo'lib yetishadi. Yoshligidan ko'plab insonlarning (Mahalladoshi Husan, To'lagan) nohaq jazolanishiga sabab bo'lgan, bir ayolning nomusiga tekkan bu odam keksayganda ham pushaymon bo'lmaydi. U o'tgan umridan afsuslanmaydi. dunyoqarashini o'zgartirmaydi. Komissar 70 yillik zulm saltanatining timsoli. U oddiy emas, o'ta xavfli manqurt.

Qurbonoy xola umrini nimaga sarflaganini bilmaydi, sog'ligi yomonlashib ishga yaramay qolsa ham har kungi yumushlarini qo'ymaydi. Doktorlar man etishsaham o'z bilganidan qolmay kundalik tashvishlarini bilan band. Bu ayolning umri ham xuddi tushdagidek mazmunsiz va behalovat kechdi.

Nega asarga Tushda kechgan umrlar deb nom berilgan? Bu savolga quyidagi jumla orqali javob topdim.

''O'ylab qarasam, o'tgan umrim umr emas, tush ekan. Go'yo men esimni tanib- tanimay birov uyqu dori ichirgan -u tush ko'rib yuraverganman: Goh shirin, goh xatarli tush ko'rib. O'sha ''birov'' qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman, nima buyursa, quloq qoqmay bajaraverganman... Uyg'onishga esa qo'rqqanman... Mana endi, uyg'onib, yonverimga qarasam menga o'xshaganlar ko'p ekan... '' (Otasining Rustamga yozgan maktubidan) Ushbu parchada Shomatovning o'zlariga nisbatan qilingan adolatsizlikdan so'ng ko'zlari ochilib , umrlari yolg'an taqdir asosiga qurilganligini kech bo'lsa ham anglab yetdi. Shu sababli ularning umrini ''Tushda kechgan umrlar ''deb nomlagan bo'lsa kerak yozuvchi.Yolg'on aqidalar, be'mani urush, qatag'on siyosati, begunoh insonlarning jazolanishi...

Inshaalloh manfaatli boʻlsa xursandman

Mehnatga reaksiya bosib baholab qoʻyamiz