Get Mystery Box with random crypto!

#endidaaa Bugungi kun chin ma'nodagi SPEAKING Marathon tarz | Kepqolgan o'ylar

#endidaaa

Bugungi kun chin ma'nodagi SPEAKING Marathon tarzida o'tdi. O'quvchilarim bilan CIU (Cambridge International University) binosini to'ldirib tashadik. Imkon qadar ulardagi qo'rquvni bosishga, o'zlarini kontrol qilishlariga ko'mak beradigan kayfiyat, muhit yaratishga harakat qildim: Bu - oddiy kun, oddiy navbatdagi kichik ko'nikma sinovi, borini maksimal ko'rsat, examiner kim, qanday xarakteri bor - 2-darajali masala, muhimi sen o'z ishingni bajar, tamom!

My Seniors haqiqiy ma'noda iroda ko'rsatishdi - biroz yig'i-sig'i, qaltiroq ham ko'zga tashlandi paytida. Umumiy hisobda, biz - G'OLIBMIZ!

Duo qiling, Azizlar, 10-martda yaxshi yangiliklar ulashamiz deb umid qilamiz.

Kanalga kirish