Get Mystery Box with random crypto!

#MeningKonstitutsiyam #Samarqand Konstitusiyaviy o‘zgarishl | Samarqand "Kelajak liderlari"

#MeningKonstitutsiyam
#Samarqand

Konstitusiyaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida Samarqand viloyatining faol sardorlarini xabardor qilish va ular orqali ushbu jarayonlarga yoshlarning dahldorlik hissini oshirish dolzarbligidan kelib chiqib, Samarqand shahar Yoshlar markazida “Mening konstitusiyam” shiori ostida Sardorlar uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil tashkil etildi.

Ta’kidlash kerak, mamlakatimizda barcha sohalardagi transformasiya jarayonlari “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Ayni mavzularda yoshlar ham oʻzlarining taklif va mulohazalari bilan ishtirok etayotganligi diqqatga sazovordir.

@yoshlarittifoqi_uz