Get Mystery Box with random crypto!

​​Diplom vasvasasi Hayotda ikki xil tofali insonlar bor. Biri | Kelajak Millionerlari2030

​​Diplom vasvasasi

Hayotda ikki xil tofali insonlar bor.
Birinchi toifali insonlar yoshligidan biznes qilishni xohlaydi, kelajakda kompaniyalar tuzishni reja qiladi. faqat kerakli narsani o'rganishadi. Ular uchun Universitet diplomi bir tiyin

Ikkinchi toifali insonlar yoshligidan aniq bitta kasbni tanlashadi yoki Ota-onasi tanlab beradi. Maqsad o'sha kasb bo'yicha oliy ma'lumotli diplom olish bo'ladi. "Aks holda sharmanda bo'lishi mumkin"

Ayniqsa bizda 2-toifali odamlar ko'pchiligni tashkil qiladi. O'qishga kira olmasak hayot tugaydi.
Buni yaxshi bilaman. Chunki O'zim ham abuturient bo'lib ko'rganman

Bu gaplarim bilan universitetda o’qimaslik yoki diplom keraksiz deb noshukurlik qilmoqchi emasman. Albatta, oliy ma’lumot muhim ahamiyatga ega bo’lgan kasblar mavjudligini ham unutmaslik kerak. Muhimi o’zingiz yoqtirgan sohani tanlang va bilim oling.

Misol uchun,
Biz Stiv Jobsning yarim yildan so’ng o’qishini tashlaganini va muvaffaqiyatga erishganini eshitganmiz. Ba’zilar esa bu haqida jo’shqinlanib gapiradi. Lekin bilishmaydiki Jobsni bu universitetga kirgizish uchun uning ota-onasi bir umr yiqqan pulini sarflashganini va Stiv Jobs uchun bu qaror qanchalik qiyin bo’lganligini. U o’qishni davom ettirish, diplomga ega bo’lishi va ota-onasini orzusini ro’yobga chiqarishi mumkin edi. Ammo u o’zi uchun qiziq bo’lmagan joyda o’qishni istamadi va bu hayotidagi eng to’g’ri qarorlardan biri bo’ldi.

Xulosa qilib aytishim mumkinki, diplom salohiyat va muvaffaqiyatga erishish istagini kafolatlamaydi. Hammasi o’zingizga bog’liq!

@kelajak_millionerlari2030