Get Mystery Box with random crypto!

#robot #sony Sony'ning Aibo laqabli kuchuk ko‘rinishidagi rob | Kelajak Bu

#robot #sony

Sony'ning Aibo laqabli kuchuk ko‘rinishidagi roboti ham yoqimtoy uy jonzoti, ham o‘yinchoq bo‘lishi mumkin. 2018 yilda taqdim qilinganidan buyon Aibo haqiqiy kuchukdek harakatlanishi uchun sun’iy ong bilan takomillashtirib kelinmoqda. Robot ayni damda o‘z egasi yuzi va ovozini taniy oladi hamda uning shaxsiyatiga qarab o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishi mumkin.

Aibo'ning sun’iy ong algoritmlari bulutda joylashgan, ya’ni butun dunyodagi barcha Aibo'lar bir-biri bilan ma’lumot almashishi va o‘zaro yangi tajribalarni baham ko‘rishi mumkin. Aibo 100 dan ortiq yuzni tanib, shunga qarab o‘z xatti-harakatlarini namoyon qila oladi. Agar pul siz uchun muammo bo‘lmasa, 3 000 dollardan sal kamroq narxga ega bu robot sizning hamrohingizga aylanishi mumkin.

@kelajak_bu - kelajakka sayohat qilamiz