Get Mystery Box with random crypto!

Harvard universiteti — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi qadimiy v | Munosib kelajak egalari!

Harvard universiteti — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi qadimiy va taniqli universitetlardan biri. 1636-yilda kollej sifatida tashkil etilgan. Boston shahri yaqinidagi Cambridge shahrida joylashgan. 1639-yildan kollejga oʻz mulkining yarmi va kutubxonasini vasiyat qilib qoldirgan ingliz vaziri, sanʼat bakalavri J. Harvard nomi bilan ataladi. 19-asrning 1-choragida universitetga aylantirilgan. Universitet ijtimoiy, tabiiy va yuridik fanlar, tibbiyot, pedagogika, amaliy fizika, siyosiy iqtisod, muhandislik va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 20 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1638-yil tashkil etilgan) da 8 millionga yaqin asar saqlanadi.

t.me/kelajagi_buyuk