Get Mystery Box with random crypto!

Bir yil. Yana bir yilim o'tdi. Shu yil ichida kimlarnidir yo'q | ... kechmoqlik | لا تحزن

Bir yil.
Yana bir yilim o'tdi. Shu yil ichida kimlarnidir yo'qotdim. Nimalarnidir tushuna boshladim. Hayot shu ekan. Bugun xafa bo'lasan. Ertaga ko'nika boshlaysan. Keyingi kun esingdanam chiqadi. Bu rost. Lekin ba'zi narsalar bor harakat qilsangda unutishni ilojini qilolmaysan.
Bir yilim qanday o'tdi bilmayman. Shu vaqt davomida tushundimki sen xohlagan hamma narsalar ham seni xohishing bo'yicha ketmaydi.
Bilmadim bugun qanaqadir boshqacha bo'lyapman.
Qayerdadir o'qigandim, shuuuncha payt shuncha kun yaxshi yurasanu aynan tug'ilgan kuningda na kayfiyating bo'ladi na xursand bo'lasan deb. Rostdanam shunaqa ekan.
Bunga qanaqadir sabablar bo'ladi. Har kimda o'ziga yarasha sabablari bor. Balki barcha xohlaganlarimiz biz bilan birga emasligidir. Balki qanaqadir eski xotiralardir sabab.Yana bilmadim.
Mayli..
Shuncha xotiralar uchun ham rahmat.
Noshukrlik qilgan bo'lsan o'zi kechirsin. Alloh o'zi to'g'ri yo'l ko'rsatsin.
Ee aytgancha bugun tug'ilgan kunim aa.)
Mayli tug'ilgan kunim muborak