Get Mystery Box with random crypto!

#Munosabat Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodi | Kanallani Dodasi

#Munosabat
Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport
hodisasi haqida ma’lumot

Joriy yilning 29 sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda 1990 yilda tug‘ilgan Z.R. o‘zining boshqaruvidagi BMW rusumli (davlat raqam belgisi 01 N 806 HA) transport vositasida Axmad Donish ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasiga qarab harakatlanayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l transport  hodisasini sodir etgan. Natijada transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchilari 1995 yilda tug‘ilgan J.I. hamda 1996 yilda tug‘ilgan J.Y. kasalxonaga yotqizilgan. 1994 yilda tug‘ilgan X.S. voqea joyida vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshkarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

https://t.me/joinchat/QWzanpJkwkJVRtJz