Get Mystery Box with random crypto!

TDIU TALABALARI XORIJGA YO‘L OLADI O‘zbekiston Respublika | kb_faculty

TDIU TALABALARI XORIJGA YO‘L OLADI
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalarida amaliyot o‘tash uchun tashkil etilgan tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashdi.
Qayd etish joizki, mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvlari va Davlatimiz rahbarining Yoshlar kuni munosabati bilan qilgan bayram nutqida bayon etilgan ko‘rsatmalarini hayotga tatbiq etish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Eslatib o’tamiz, mazkur tanlovda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Korporativ boshqaruv fakultetining 3-kurs talabalari Shahnoza Shodiyeva, Sirojiddin Rahmatullayev hamda Bobur Ibrohimovlar g‘olib deb topildi.

Batafsil

Telegram | Facebook |Instagram |YouTube