Get Mystery Box with random crypto!

Hayrat Ba'zida ojizman Ba'zida yolg'iz Ba'zida sensizlik Qiyn | Farzona Kayumova I Tilsim

Hayrat

Ba'zida ojizman
Ba'zida yolg'iz
Ba'zida sensizlik
Qiynaydi mudom.
Ba'zida keraksiz
O'likdek hissiz
Borliqda yo'qdekman
Sevgingsiz - tamom.
Men senga muhtojman
Qulman zanjirband
Dastingda olovda yonaman yana
Barbodman, behushtman
Beburdman, zanbard
Og'riqdan Xudoga qilaman ta'na.
Yo'qsan,
Jimsan,
Aytging ne sabab?
Bilaman,
Bilasan,
Senga - Qalb talab.
Ayt?
Yo'limdan qaytaymi ortga?
Senda-ku bor tanlov
Kutsam-da najot.
Ayt?
Qaylarga ketaylik,
Qay boqiy yurtga?
Rozi bo'l, qolmaymiz
Baxt uchun nahot?


-Tilsim-