Get Mystery Box with random crypto!

ALLOHIM, juma kunida, sendan yengillik, hursandchilik kutib tu | Ⓘⓝⓖⓛⓘⓩⓒⓗⓐ_ⓢⓣⓐⓣⓤⓢ

ALLOHIM, juma kunida, sendan yengillik, hursandchilik kutib turgan bandalaring bor, ularga xushxabar ber.

Sendan shifo soʻrayotganlar bor, ularga ofiyat, shifo ber.

Sening rahmatingdan umidvorlar bor, ularga rahm qil.

Haqlariga goʻzal duo kutayotgan marhumlar bor, ularning gunohlarini avf et.

ALLOHIM, juma kunida, bizlarni, ota-onalarimizni, biz yaxshi koʻrgan kishilarni gunohlarini avf etilganlaringdan, ulardan rozi boʻlganlaringdan, gunohlarini kechirganlaringdan, Doʻzaxga harom qilganlaringdan, Jannatiy deb yozganlaringdan qilgin! AMIYN!

#JUMA MUBORAK BOʻLSIN



Do'stlarga ulashıng
@Makkai_Madine