Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, doʻstlar! Trigonometriya fanini oʻrganishg | Trigonometriya | Khan Academy Oʻzbek

Assalomu alaykum, doʻstlar!

Trigonometriya fanini oʻrganishga tayyormisiz? Unda, ketdik!

Khan Academy’da trigonometriya! Juda keng maʼnoli soʻz, shunday emasmi? Siz trigonometriya soʻzini (baʼzida uni qisqartirib “trig” deb ham yozishadi) uchburchaklarga bogʻliq deb oʻylayotgandirsiz. Xuddi shunday! Trigonometriyada biz siz bilan uchburchaklarning xususiyatlarini oʻrganamiz. Xoʻsh, bu fan nima uchun kerak? Trigonometriyaga oid bilimlar aniq masofalarni oʻlchashda, ayniqsa, sun’iy yoʻldosh tizimlari va astronomiya kabi sohalarda juda keng ishlatiladi. Biroq, bu faqatgina fazoni oʻrganuvchi fan emas, trigonometriya arxitektura va musiqada ham mavjud. “Uchburchaklarning oʻlchamlari va xususiyatlari haqidagi bilimlarning musiqaga qanday aloqasi bor?” deb hayron boʻlishingiz mumkin. Bu juda yaxshi savol. Javobni esa ushbu darslarimiz orqali bilib olishingiz mumkin!

→ Telegram: @kau_trigonometriya
→ YouTube: bit.ly/3u2IFJ9
→ TAS-IX: bit.ly/3ctXdvx

Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. #SizBuniUddalaysiz