Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida elektr tarmoqlariga noq | KATTAQO’RG’ON | rasmiy

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand shahar, Kasbi, Chiroqchi va Dehqonobod tuman bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Tekshiruvlarda, 4 ta MCHJ, 1 ta fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari va boshqalar 2 ta suv nasosini, muzlatkich omborxonasini hamda issiqxonani hech qanday hujjatlarsiz elektr tarmoqlariga ulab, jami 934,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 473,3 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 
Kanalga ulaning
@Kattaqorgon_rasmiy