Get Mystery Box with random crypto!

​​Futbol uchun yig'layotgan ukam, ular seni ko'z yoshlaringga | Kasymov's

​​Futbol uchun yig'layotgan ukam, ular seni ko'z yoshlaringga arzimaydi!

Dadam futbolga qiziqqani uchun ismimni Mirjalol Qosimovga havas qilib, Mirjalol qo'ygan. Shuning uchundir balki, yoshligimdan futbolga qiziqqanman, O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni, milliy chempionat matchlarini qoldirmasdan ko'rardim.

Sevimli jamoam Paxtakor edi. Negaligini bilmayman. Paxtakor yutqazsa, xafa bo'lardim. Shunchalik darajada ediki, uyimizdagi eski "Futbol ekspress" gazetasidasida Paxtakor oldin yutqizganini ko'rib qolsam ham ichim g'alati bo'lardi. Yutgan bo'lsa — aksincha. Shu eski gazetalarni ham o'qib chiqardim, juda ko'p edi ular.

O'zbekiston terma jamoasini yutishini hammadan ko'proq xohlardim, har bir uchrashuv oldidan ular uchun duo qilardim. Jahon chempionatlariga chiqishi, Osiyi chempionatida yutishi.... Madhiyani ularga qo'shilib tik turgan holda kuylardim. Go'yoki shunday qilsam, ular yutadi.

Dadam futbolchi bo'lishimni xohlardi. Lekin men unday bo'lmadim. Yaxshiyamki. Dadamni o'zi ham vaqti kelib futbolga qiziqishi so'ngan. To'g'ri ham bo'lgan ekan. Dadam shunchalik fanat ediki, Mirjalol Qosimovning xayrlashuv uchrashuviga meni olib borgan. Undan futbolka olganman dasxati bilan.

Hozir futbol men uchun umuman qiziq narsa emas. Shunchaki vaqt o'tkazishga ko'rib qo'yishim mumkin, lekin sevimli jamoam yo'q. Bo'lishini ham xohlamayman.

Bugun mana bu videoni ko'rib, shular esimga tushib ketti. Yana qaytaraman: futbol uchun yig'layotgan ukam, ular seni ko'z yoshlaringga arzimaydi!

@kasymovsdaily