Get Mystery Box with random crypto!

N.I.Lobachevskiy nomidagi Milliy tadqiqot Nijniy Novgorod davl | Qashqadaryo yuridik texnikumi

N.I.Lobachevskiy nomidagi Milliy tadqiqot Nijniy Novgorod davlat universiteti Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda amalga oshirayotgan qoʻshma ta'lim dasturiga kirish sinovlarining 1-bosqichi natijalarini e'lon qildi.

“Rus tili” va “Jamiyatshunoslik” fanlaridan umumlashtirilgan natijalar – bu yerda.

NNDU vedomostlari – bu yerda.

NNDUga oʻqishga qabul qilish qoidalariga koʻra “Rus tili” fanidan kamida 40 ball, “Jamiyatshunoslik” fanidan kamida 45 ball toʻplagan abituriyentlar kirish sinovlarining 2-bosqichi – rus tilidan test sinovlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar. Bu testlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.

2-bosqichdagi test sinovlarining oʻtkazilish joyi va vaqti haqida qoʻshimcha ravishda xabar beriladi.

Boshqa yangiliklar - kanalimizda.