Get Mystery Box with random crypto!

Viloyat hokimligida Oliy ta’lim muassasalarida Startup loyihal | Kashkadarya MITC

Viloyat hokimligida Oliy ta’lim muassasalarida Startup loyihalarni qo’llab quvvatlashga bag’ishlangan yig’ilish bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilishga viloyat hokimi o’rinbosari U.Kodirov raislik qildi. Kun tartibida Qashqadaryo viloyatida IT startup loyihalarini rivojlantirish masalalari va ularning yechimlari ko'rib chiqildi.

IT Park Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan ishlab chiqilgan startup loyihalarini “IT Park” mutaxassislari ishtirokida tanlab olish hamda oliy ta’lim muassasalari Inkubatsiya markazlarining inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga kiritish vazifalari yuklatildi.

Jumladan, 2022-yil sentabr holatida inkubatsiya dasturiga ariza qabuli boshlanib 177 dan ortiq loyihalar qabul qilinib shundan inkubatsiya dasturiga 45 dan ortiq loyihalar ishtirok etmoqda. Yil boshidan 20 ta loyihalardan 5 ta loyihaga 804.5 mln. so‘m miqdorida mablag' jalb etilgan

Murojaat uchun: 99-026-11-99

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!
Telegram |Instagram |Facebook