Get Mystery Box with random crypto!

30-mart, payshanba (8-kun) Iftorlik vaqti: 18:47 (Toshkent vaq | O‘QITUVCHI | KASBIM - FAXRIМ

30-mart, payshanba (8-kun)
Iftorlik vaqti: 18:47 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Ashajj Abdulqaysdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga:
“Sening Alloh yaxshi koʻradigan ikkita xulqing bor”, dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, ikkisi nima?» dedim.
“Hilm va hayo”, dedilar.
«(Ular menda) qadimdanmi yoki yangi paydo boʻlganmi?» dedim.
“Qadimdan”, dedilar.
“Meni Oʻzi yaxshi koʻrgan ikki xulq bilan yaratgan Allohga hamdlar boʻlsin!” dedim».

Sharh: Ushbu hadisi sharifda ikki yaxshi xislat “Alloh yaxshi koʻrgan sifatlar” deya madh qilinmoqda.
“Hilm” shoshmasdan, oqilona ish tutish va yomonlik qilganga yomonlik qaytarmaslik maʼnolarini bildiradi.
“Hayo” soʻzi lugʻatda uyatsizlikning teskarisini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda: “Hayo aybdan va yomonlanishdan qoʻrqib, oʻzini past olish va oʻzgarishdir”.

Bu ikki xulq Alloh taolo yaxshi koʻradigan sifatlardandir. Har birimiz bu sifatlar bilan sifatlanishga harakat qilishimiz lozim.

Kim halim boʻlsa, hayoli boʻlsa, Alloh taolo yaxshi koʻradigan sifatlarga ega boʻlar ekan. Kim oʻzida bu ikki sifatni jamlasa, yana ham ulugʻ martabaga erishar ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

(4-chorak ish rejalari shu havolada jamlangan!⸙ꠋꠋ)

Дўстларингизга улашишни унутманг!

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
"RESPUBLIKA USTOZLAR" kanaliga obuna boʻling!

@RESPUBLIKAUSTOZLARUZ
@RESPUBLIKA_USTOZLAR
MUROJAAT UCHUN
@RESPUBLIKA_USTOZ