Get Mystery Box with random crypto!

Kasalliklar va Dorilar haqida

Telegram kanalining logotibi kasalliklarhaqida — Kasalliklar va Dorilar haqida K
Telegram kanalining logotibi kasalliklarhaqida — Kasalliklar va Dorilar haqida
Kanal manzili: @kasalliklarhaqida
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 271

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-04-28 17:01:09
NEONATAL ACNE
(Chaqaloqlar husnbuzari)

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarning 20% ida uchraydi. Guruhlashgan papulalar to‘plamidan iborat bo‘ladi, yonoq va peshona sohasida joylashadi. Ba’zan chandiqchali nuqtalar shakllanishi bilan tugallanadi.

Asosiy sababi onadan o‘tgan gormonlar va endogen androgenlarning yog‘ bezlarini faoliyatini kuchaytirishi hisobiga yuzaga keladi.

Davolash shart emas, ko‘pincha o‘zi yo‘qolib ketadi. Ba’zan 2 oygacha saqlanishi mumkin. Ba’zi holatlarda o‘zi yo‘qolib ketmaydi, shunda uni dermatolog maslahatiga ko‘ra antiseptik eritmalar bilan davolash kerak!

@Kasalliklarhaqida
73 viewsDr:Shakhzod G’ulomovich, 14:01
Ochish/sharhlash
2023-01-28 22:03:05
Yo‘rgaklash(pampers) dermatitini oldini olishdagi Yevropa qoidalari - ABCDE standart profilaktikasi.

Air - aeratsiya(shamollatish)

Barrier - Epidermisning barier xususiyati saqlash va himoya qilish:
agressiv gigeyenik vositalardan, spirt saqlovchi los’onlar, aromatizatorlar va prisipkalardan foydalanishni to‘xtatish. Yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani ta’minlovchi, terini barier funksiyasini qayta tiklovchi mazlardan(Bepanten) foydalanish.

Cleaning - Tozalash

Diapper - Tagliklarni to‘g‘ri tanlash va defekatsiyadan so‘ng taglikni tez almashtirish

Education - Ota-onalarga to‘g‘ri parvarishni o‘rgatish.

@Kasalliklarhaqida
137 viewsDr:Shakhzod G’ulomovich, 19:03
Ochish/sharhlash
2023-01-28 21:50:35 ​​Konvuleks kapsulasi


— Dori shakli : tabletka



Tarkibi

Valproat natriy moddasi




— Ta'siriga ko'ra

Sudorgiga qarshi vosita.
Epilepsiyaga qarshi , ya'ni tutqanoq kasalligida qabul qilinadi.





— TA'SIR QILISH MEXANIZMI

Konvuleks tutqanoqqa qarshi vosita bo'lib , markaziy miorelaksatsiyalovchi va sedativ ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi asosan GAMK transferaza fermentini ingibitsiya qilinishi va markaziy nerv tizimida GAMK ning miqdorini oshishi bilan bog'liq. GAMK pre va postsinaptik razryadlarga to'sqinlik qiladi va shu yo'l bilan markaziy nerv tizimida tirishish faolligini tarqalishini oldini oladi. Bemorlarning ruhiy holatini va kayfiyatini yaxshilaydi. Antiaritmik faollikka ega. 


Kapsulalar faqat ingichka ichakda so'riladi. Yaxshi so'riladi. Yo'ldosh orqali o'tadi va ona suti tarkibida ajraladi. 

— GAMK -- Gamma-aminomoy kislota .




— QO'LLANILISHI

-- Epilepsiya kasalligining rivojlanish bosqichida va epilepsiya kasalligida.

-- Epilepsiya kasalligi bor katta va kichiklarga buyuriladi.

-- Vesta va Lennoksa Gasto sindromlarida.

-- Bolalarda tutqanoq holatlarida , ya'ni bolalar epilepsiyasida buyuriladi .( bolalarda ko'pincha konvuleks siropini yoki 150 mg dozadagisini bergan ma'qul ).

-- Litiy moddasidan zaharlanganda qabul qilish mumkin.

-- Bolalarda tana a'zolarining pir pir uchishi kabi holatlarda qabul qilinadi. 

-- Migren xurujlarini oldini olish maqsadida ham qo'llash mumkin.






QO'LLASH USULI VA DOZASI

Preparat ichga chaynamay kuniga 1 - 2 marta ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi 


Yosh bolalarga dozani kasallik holatiga qarab shifokor belgilaydi.


Kattalarga ham , kichiklarga ham kasallik davri va holatiga qarab nevropatolog belgilaydi.






NOJO'YA TA'SIRI


-- Bosh og'rig'i ,bosh aylanishi

-- Ko"ngil aynish , qusish va diareya kuzatilishi mumkin.

-- Anemiya , ya'ni kamqonlik kuzatilishi mumkin.






QO'LLASH MUMKINMAS HOLATLAR

-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda. 

-- Jigar faoliyati o'tkir yetishmovchiligida , surunkali va o'tkir gepatitda mumkin emas.

-- Meda osti bezi faoliyati yaxshi bo'lmasa mumkinmas.

-- Gemorragik diatez ( qon ketib to'xtashi qiyin kishilarda).

-- Homiladorlik va emizish davrida mumkinmas.

@Kasalliklarhaqida
120 viewsDr:Xasanov Shoxzod G'ulomovich, 18:50
Ochish/sharhlash
2023-01-28 21:46:39
Газдан заҳарланганда муҳим тавсиялар!

Аслини олганда ис гази ҳидсиз бўлади, шунинг учун заҳарланиш пайтида одам ҳеч нарсани билмаслиги мумкин. Ис гази ҳавода 1.2 фоизга етганда одам уч марта нафас олишдаёқ ҳаёти фожиали тугаши мумкин.

Шу сабабдан ис гази ўта хавфли ҳисобланади. Ис газидан заҳарланиш пайтида қуйидаги белгилар кузатилади:

Ҳолсизлик, бош оғриғи, бўғилиш, қулоқда шовқин, қайт қилиш, алаҳсираш, хушдан кетиш.

Биринчи ёрдам кўрсатишда тоза ҳавога олиб чиқиб, тинимсиз елпиш, ҳушини йўқотган бўлса, сунъий нафас бериб, юрак массажини қилиш, тез ёрдам чақириш

@Kasalliklarhaqida
121 viewsDr:Shakhzod G’ulomovich, 18:46
Ochish/sharhlash
2022-12-26 05:58:23
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ АЗИЗ ДУСТЛАР!
МОСКВАНИНГ ЛОСИНО-ПЕТРОВСКИЙ МОРГИДА 10- КУНДАН БЕРИ ЁТИБТИ. АЛЛОХ РАХМАТ КИЛСИН! СИЗЛАРДАН ИЛТИМОС ШАХСИНИ АНИҚЛАШИМИЗ КЕРАК КАРИНДОШЛАРИНИ ТОПИБ ХАБАР БЕРСАК САВОБ БУЛАРДИ! ГРУППАЛАРГА ТАРКАТИНГЛАР ШУ БОЛАНИ МУСОФИР ЖОЙДА ЁКИШЛАРИГА ЙУЛ КУЙМАЙЛИК! САВОБГА ШЕРИК БУЛИБ ТАРКАТИНГЛАР ЗОРА КИМДИР ТАНИБ КОЛАР ДУСТИМИЗНИ!

@Kasalliklarhaqida
93 viewsDr:Shakhzod G’ulomovich, 02:58
Ochish/sharhlash
2022-10-25 11:08:01 ​​Dyuspatalin kapsulasi





DORI SHAKLI

Kapsula



TARKIBI

Har bir kapsula 200 mg mebeverin gidroxlorid saqlaydi.




— TA'SIRIGA KO'RA

Spazmolitik vosita . 


— QO'LLANILISHI


-- Ichakdagi spazmlarni yo'qotib qorin og'rig'ini bartaraf qiladi.
-- Ichaklar faoliyati buzilganda qabul qilish mumkin.
-- Ichak soxasidagi noqulaylik kabi holatlarda qabul qilinadi.
-- Qabziyat kabi holatlarda va oziq massaning ichaklardagi harakati susayganda qabul qilish mumkin.
-- Qorinda dam ( meteorizm ) hosil bo'lganda qabul qilish mumkin.
-- Hazm a'zolari faoliyatini yaxshilaydi.





— QO'LLASH USULI VA DOZASI

Kapsulalarni chaynash mumkin emas. Butunligicha suv bilan qabul qilinadi. Kattalarga va 10 yoshdan katta bolalarga kuniga 2 kapsula , ya'ni ertalab 1 kapsula , kechga 1 kapsula ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qilish buyuriladi.





NOJO'YA TA'SIRI

-- Teri allergik reaksiyalari , ya'ni teri toshmalari va teri qichishishi kuzatilishi mumkin.
-- Eshakyemi , angionevrotik shish va yuzning shishi kuzatilishi mumkin.




— QO'LLASH MUMKINMAS


-- Preparatga allergik reaksiya paydo bolganda.

-- Xomiladorlik va emizish davrida dyuspatalin preparatini qo'llash mumkin emas.

-- 10 yoshdan kichik bolalarga buyurish mumkin emas.

@Kasalliklarhaqida
128 viewsDr:Xasanov Shoxzod G'ulomovich, 08:08
Ochish/sharhlash
2022-10-21 12:15:21 ​​Intellan kapsulasi
 


DORI SHAKLI

Kapsula


TARKIBI

Fitopreparat . Tabiiy mahsulot hisoblanadi. 




— TA'SIRIGA KO'RA

Fitopreparat vosita bo'lib , bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi va xotirani kuchaytiradi. Psixostimulyator vosita.




— QO'LLANILISHI


-- Esda saqlash qobiliyati , ya'ni xotira sustlashganda qabul qilinadi.

-- Asteno nevrotik kasalliklarda qabul qilinadi.

-- Bosh miya faoliyati funksiyasining yetishmovchiligida qabul qilinadi.

-- Depressiv holatlarda va vahimali holatlarda qabul qilish mumkin.

-- Diqqatning va intellektual holatning pasayishida qabul qilinadi.

-- Bosh aylanishi va quloqlarda shovqin bo'lganda qabul qilish mumkin.




— QO'LLASH USULI VA DOZASI

Kuniga 1 kapsuladan 2 marta ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Qabul qilish davomiyligi -- 1 oy .





—NOJO'YA TA'SIRI

Nojo'ya ta'siri kamdan kam hollarda allergik reaksiya kuzatilishi mumkin.





QO'LLASH MUMKINMAS 



-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- Og'ir yurak qon tomir kasalliklarida qabul qilish mumkin emas.
-- Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
-- 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga mumkin emas.

@Kasalliklarhaqida
211 viewsDr:Xasanov Shoxzod G'ulomovich, 09:15
Ochish/sharhlash
2022-10-09 06:35:02 ​​Azimak kapsulasi



— DORI SHAKLI : kapsula 



TARKIBI :

 1 ta kapsula 250 mg va 500 mg azitromitsin saqlaydi.




— TA'SIR QILISHIGA KO'RA:

 Antibiotik. Makrolidlar guruhiga kiradi.



— TA'SIR MEXANIZMI QANAQA

Keng taʼsir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklar – azolidlarning yangi kichik guruhining birinchi vakilidir. Yalligʻlanish oʻchogʻida yuqori konsentratsiyalari hosil qilinganida bakteritsid taʼsir koʻrsatadi.

Azimak grammusbat (shu jumladan beta-laktamaza hosil qiluvchilar, stafilokokklar, streptokokklar) va grammanfiy (enterokokklar, ichak va gemofil tayoqchalari) bakteriyalarga, mikoplazmalar, legionellalar, bakteroidlar, xlamidiyalar va boshqalarga nisbatan faol.



Azitromitsin meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi, bu uning kislotali muhitda turgʻunligi va lipofilligi bilan bogʻliq. Oxirgi dozasi qabul qilingandan keyin bakteriyaga qarshi ta'siri 1 haftagacha davom etadi.




— QO'LLANILISHI 


-- Infeksion yalliglanish kasalliklarda .

-- Nafas a'zolari va lor a'zolarining infeksiyalarida.

-- Angina , sinusit, tonzillitda qabul qilinadi. 

-- Bronxitda va bronxitning zorayishi kabi xolatda.

-- Pnevmoniyada 

-- Skarlatinada

-- Teri infeksiyalarida va surunkali eritemada .

-- Saramas , impetigo , dermatozda qo'llaniladi.

-- Jinsiy a'zolar infeksiyasida qabul qilinadi.

-- Helicobacter pylori bilan asoratlangan me'da va 12 barmoqli ichakning kasalliklarida.

-- Shamollash va gripp holatlarida qabul qilinadi.






— QABUL QILISH USULI VA DOZASI


Azimakni albatta ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 2 soat o'tgach qabul qilish kerak. Sutkasiga 1 ta kapsula qabul qilinadi ( Ichida 3 dona kapsula boladi).





NOJO'YA TA'SIRI


-- Bosh aylanishi, bosh ogrigi
-- Uyqusizlik
-- Qorinda og'riq
-- Ko"ngil aynish , qusish
-- Diareya





— QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR

-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda.

-- Og'ir yurak yetishmovchiligida va taxikardiya xolatida mumkin emas.

-- Og'ir buyrak va jigar yetishmovchiligida.

-- Homiladorlik va emizish davrida.

@Kasalliklarhaqida
23 viewsDr:Xasanov Shoxzod G'ulomovich, 03:35
Ochish/sharhlash
2022-10-04 07:20:29 ​​Ketonal kapsula



Dori shakli : Kapsula




— Tarkibi:

 Kapsula faol ketoprofen moddasini o'zida saqlaydi.




— Ta'sir qilishiga ko'ra:

Nosteroid yalliglanishga qarshi, revmatik kasalliklarga qarshi , og'riq qoldiruvchi vosita.





— TA'SIR QILISH MEXANIZMI QANAQA


Ketoprofen – preparatning taʼsir etuvchi moddasi – araxidon kislotasining metabolizmida prostaglandinlar sintezini kataliz qiluvchi siklooksigenaza (siklooksigenaza-1 (SOG-1) va siklooksigenaza-2 (SOG-2)) fermentini bloklab, prostaglandinlar va leykotriyenlar sintezini susaytiradi.

Ketoprofen in vitro va in vivo sharoitlarda liposomal membranalarni barqarorlashtiradi, yuqori konsentratsiyalarda in vitro sharoitda leykotriyenlar sinteziga susaytiruvchi taʼsir koʻrsatadi va in vivo sharoitlarda antibradikinin faollikka ega.

Ketoprofenning isitmani tushiruvchi taʼsir mexanizmi nomaʼlum. Ehtimol, ketoprofen markaziy nerv tizimida (aniqrogʻi – gipotalamusda) prostaglandinlar sintezini susaytirsa kerak deb taxmin qilinadi.

Ayrim ayollarda birlamchi dismenoreya simptomlarini, ketoprofen, ehtimol prostaglandinlarning sintezini va/yoki samaradorligini susaytirishi hisobiga kamaytirsa kerak.



— QO'LLANILISHI

Ketonal yalligʻlanishga qarshi, ogʻriqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi taʼsirga ega nosteroid revmatizmga qarshi preparat hisoblanadi. U bir qator ogʻriq sindromlarida ogʻriqni yengillashtirish uchun va yalligʻlanish, degenerativ va metabolik revmatik kasalliklarni davolash uchun qoʻllanadi.



-- Yalliglanishda
-- Ogriq qoldirish uchun
-- Isitma tushirish uchun
-- Revmatoid artritda ( bo'g'imlar yalliglanishida).
-- Podagrada
-- Osteoartritda
-- Revmatizmda
-- Travmadan keyingi og'riqlarda
-- Operatsiyadan keyingi og'riqda
-- Menstruatsiya davridagi og'riqda ( ayollarda).
-- O'smalari bo'lgan bemorlarda suyak metastazi bilan bog'liq bo'lgan og'riqlarda qo'llaniladi. 

— QABUL QILISH USULI VA DOZASI

Ichga qabul qilinadi. Ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Og'riq li holat bolganda qabul qilinadi.


Kapsulani butunligicha yutib yetarlicha suv bilan qabul qiling. Kuniga 50 mg li dozadan 1 kapsuladan 2 mahal qabul qilish mumkin. 150 mg dozadan esa 1 kapsula kuniga buyuriladi.





NOJO'YA TA'SIRI 

--Ko"ngil aynish, qusish
--Qorinda og'riq
-- Toshmalar
-- Uyquchanlik
-- Biroz qon bosim oshishi kuzatilishi mumkin.





— QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR

-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda
-- Bronxospazm va bronxial astmada 
-- Og'ir yurak yetishmovchiligida
-- Aortakoronar shunt operatsiyasidan oldingi davrda
-- Me'da ichakdan qon ketganda, me'da yarasida, me'da teshilgan holatlarda.
-- Og'ir buyrak va jigar funksiyasi buzilishida .
-- Homiladorlikning oxirgi 3 oyligida
-- 15 yoshdan kichik bolalar ga qabul qilish mumkin emas.

@Kasalliklarhaqida
16 viewsDr:Xasanov Shoxzod G'ulomovich, 04:20
Ochish/sharhlash
2022-08-16 19:05:37
Wu qizcha yoqalib qoldi Muslima 3yoshda parsezdan iltimos gruppalarga tarqatvorina tel:+99890 641 39 09 xammammizdan OLLOH rozi bolsin

@Kasalliklarhaqida
133 viewsDr:Shakhzod G’ulomovich, 16:05
Ochish/sharhlash