Get Mystery Box with random crypto!

Psoriaz qanday kasallik? Psoriaz – bu terining qichishishi va | Терапия || Касалликлар

Psoriaz qanday kasallik?

Psoriaz – bu terining qichishishi va kepaklanishi bilan kechuvchi tangali dermatozi hisoblanadi. Shuning uchun ham uni tangali temiratki deb atashadi. U yuqumli emas, kontakt orqali yuqmaydi. Psoriaz bilan yer shari aholisining 2-4 foizi kasallangan bo‘lib, o‘rtacha 15-25 yoshli aholida keng tarqalgan.

Psoriaz belgilari

• Psoriatik tangachalar sog‘lom teri yuzasidan ko‘tarilib turuvchi qizil, qichishish bilan kechuvchi dog‘lardan iborat. Ular mum (yoki parafin) ga o‘xshash po‘stloq bilan qoplanib turishi xam mumkin.
• Psoriaz tananing hamma sohalarida kuzatilishi mumkin. Ular ayniqsa tananing eng ko‘p bukiladigan va tashqi ta’sirga uchraydigan qismlari: tirsak va tizza bo‘g‘imlari, qo‘l va oyoq kaftlari, son va dumbalarda ko‘p uchraydi.
• Zararlanish yuzasi xar xil bo‘lib, no‘xatdek joydan to kaft kattaligigacha yoki undan xam ortiq bo‘lishi mumkin.
• Psoriaz tugunchalarini paydo bo‘lishi, shu sohadagi qichishish va kepaklanishi bilan kechadi. O‘lgan tangachalar qashlaganda oson ko‘chadi.

Psoriaz turlari

• Yozgi turi: quyosh nuriga o‘ta sezuvchan bo‘lib, issiq mavsumda kuchayadi.
• Qishki turi: u ko‘proq uchrab, sovuq ta’sirida rivojlanadi.

Psoriaz sabablari

Normada odam tanasi terisining ustki qavati (epidermis) 30 kungacha yashaydi. Psoriazda bu hujayralar 5 kunda yetilib, o‘ladi. Shuning uchun qichishish va kepaklanish kuzatiladi. Uni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar hisoblanadi:
• autoimmun buzilishlar,
• genetik omillar,
• moddalar almashinuvi buzilishi,
• nevrologik buzilishlar.

Psoriazga sabab bo‘luvchi omillarga shuningdek, stress, infeksion kasalliklar, noto‘g‘ri ovqatlanish, alkogol ichish, sovuq iqlimda yashash, immunitetni pasayishi, terining streptokokkli infeksiyalari, terini shikastlanishlari va glyukokortikoidlarni muntazam ichish kiradi. Psoriazni mavjud bemorlarga alkogol ichish, shokolad, turli ziravorlar va marinadlangan taomlar yeyish mumkin emas.

Psoriaz diagnostikasi

Rsoriazni aniqlash bilan dermatologlar shug‘ullanadi. Ular asosan tashqi ko‘ruv asoslanadi va kerak bo‘lsa terini biopsiyasi va qon tahliliga yuboradi.

Psoriaz turlari

Psoriazning 10 dan ortiq turlari bo‘lib, kechishiga ko‘ra yengil va og‘ir turlari; ko‘rinishiga ko‘ra: seboreyali, ekssudativ va atipik turlari farqlanadi.

Psoriazni davolash

Psoriazni to‘liq tuzatib yuborishning imkoniyati yo‘q, lekin uzoq muddatli turg‘un remissiya holatida ushlab turish mumkin. Asosiy davo mahalliy ta’sir etuvchi, terini yumshatuvchi, qichishishni kamaytiruvchi va hujayralar o‘lishini sekinlatuvchi preparatlarga qaratiladi.
Qo‘shimcha ravishda yog‘da eruvchi vitaminlardan (A, E, D), antigistamin preparatlar va parhez tavsiya etiladi. Fizioterapevtik muolajalar va serovodorodli vannalar immunitetni ko‘tarish va moddalar almashinuvini yaxshilash, toshmani kamaytirish va shishni oldini olishga yordam beradi.
Manba: Gepamed.uz

@KasallikHaqida -Касалликлар тўлиқ форматда.