Get Mystery Box with random crypto!

5-dekabr xalqaro volontyorlar kuni. 1985-yilda | "Karyera" - jas kadrlardı tayarlaw klubı

5-dekabr xalqaro volontyorlar kuni.


1985-yildagi 40-sessiyasida Birlashgan millatlar tashkiloti General Assambleyasi tomonidan 5-dekabr "Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun xalqaro volontyorlar (ko'ngillilar) kuni" etib belgilagan.


Ushbu kun barcha "Karyera" - yosh kadrlarni tayyorlash klubi a'zolari va boshqa barcha volontyorlik klubi a'zolarining bayramidir.


Ushbu kun bilan "Karyera" klubi a'zolari va Yoshlar markazida faoliyat yuritayotgan barcha volontyorlarni tabriklaymiz. Sizdek beg'araz faoliyat yuritayotgan yoshlar bor ekan, dunyoda hali yaxshilik va ezgulik bor ekanligi aniqdir. Shu davrgacha, umumiy hisobda 5 avlodda 310dan ortiq tinglovchilarga seminar-treninglar o'tkan trenerlar, guruhlarga boshchilik qilgan koordinatorlar hamda ushbu klub tinglovchilariga bundan keyingi ishlariga rivoj, o'qishlariga omad, oilaviy baxt va soodat tilaymiz. Yuragingizdagi volontyorlik (ko'ngillilik) o'ti hech qachon so'nmasin. Doimo omad va zafar sizga yor bo'lsin.