Get Mystery Box with random crypto!

To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 20 yanvarga qada | 𝐊𝐚𝐫𝐢𝐦𝐛𝐞𝐤 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐩𝐨ʻ𝐥𝐚𝐭𝐨𝐯



To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 20 yanvarga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilida OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.

P.S.: yuqori kurslar uchun kontrakt to‘lash muddatini OTMning o‘zi belgilaydi va rektorlarda bu muddatni uzaytirish huquqi bor.

Barcha talabalarga yetkazing!

𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐦𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐨𝐛𝐮𝐧𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠
Karimbek Toshpulatov