Get Mystery Box with random crypto!

TALAFFUZ [ㅇ] Bu undosh harf unli harfdan oldin tursa talaff | 💁‍ Салом, КореЯ ✍️

TALAFFUZ

[ㅇ] Bu undosh harf unli harfdan oldin tursa talaffuz qilinmaydi. Masalan: 어머니 (omoni), 강아지(kangadzi), 우리 (uri) va hokozo. Agar unli harf so'z boshida yoxud so'z orasida yolg'iz o'zi kelsa, albatta [ ㅇ] harfi bilan qo'shilib yoziladi. Chunki bu ham bo'g'in hisoblanadi. [ㅇ] harfi patchimda kelganda [ng] tovushini beradi. Masalan: 가방 [kabang], 안녕 [annong] va hokozo.

1.Agar so'z patchim bilan tugasa yoki patchimda so'ng yana undosh harf kelsa, padchimda turgan hamda [ㅍ] harflari [p] deya talaffuz qilinadi: 삽 [삽], 앞 [압], 직업 [지겁].
Agar undosh harflar unli harflardan oldin tovushini o'zgartiradi. Bu harflarda ham shunday:
삽이 [사비]-(sabi),
앞이 [아피]-(ap(x)i).
Demak, agar unli harfdan oldin undosh harf kelsa u to'liq o'z holicha o'qiladi, patchimda kelsa qoidaga amal qilinadi.

2.Agar so'z patchim bilan tugasa yoki patchimdan so'ng yana undosh harf kelsa, padchimda turgan ㄷ, ㅌ, ㅈ, ㅊ ,ㅅ, ㅆ, ㅎ harflari bir xilda [t] deya talaffuz qilinadi:
받다 [받따] - (patta)
곧인 [고든] - (ko'dыn)
겉 [걷] - (kot)
겉은[거튼] - (kot(x)ыn)

ESLATMA

[ㅎ] harfi patchimda turli tovushlarda aks ettirishi mumkin. Aksariyat hollarda [ ㅎ] harfi undosh va unli harflar orasida kelsa deyarli talaffuz qilinmaydi. Masalan:
간호사 (kano'sa),
변하다 (pyonada).

3.Agar so'z patchim bilan tugasa yoki patchimdan so'ng yana undosh harf kelsa, patchimda turgan ㄱ, ㅋ, ㄲ harflari bir xilda (k) deya talaffuz qilinadi:
수박 [수박] - (subak),
속이 [소기] - (so'gi).
Qolgan barcha undosh harflar o'z tovushida o'zgartirilmay talaffuz qilinadi. Patchim 2 ta turli undosh harf kelsa va ulardan so'ng yana undosh harflar kelsa bittasi o'qiladi, agar unli harf kelsa 2 si ham talaffuz qilinadi.