Get Mystery Box with random crypto!

🇰🇷KOREA IMMIGRATION SERVICE《🇺🇿UZ》

Telegram kanalining logotibi kareyada_xayot — 🇰🇷KOREA IMMIGRATION SERVICE《🇺🇿UZ》 K
Telegram kanalining logotibi kareyada_xayot — 🇰🇷KOREA IMMIGRATION SERVICE《🇺🇿UZ》
Kanal manzili: @kareyada_xayot
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.22K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasidagi
🇰🇷Korea Elchixonasining yangiliklari, vizalarga aloqador ma'lumotlar.
Tel : 998-71) 252-3151~3
Ish vaqti : 09:00~18.00
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Raqami: 998-71) 202 33 55

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-02-07 13:10:17 Diqqat e'lon

Nelagillik ko'rsatkichi 1% dan kam bo'lgan universitetlar ro'yxati yangilandi
Bu universitet talabalari elchixonaga daromad hujjatlari va bank shot topshirmaydi
Universitetlar ro'yxati
1.Konkuk University
2.Kyungpook National University
3.Keimyung University
4.University of Seoul
5.Duksung Women's University
6.Dongguk University
7.Pusan National University
8.Seoul Theological University
9.Seokyeong University
10.Sungshin Women's University
11.Ewha Womans University
12.Chung-Ang University
13.Pohang University of Science and Technology
14.Hanyang University
15.Hongik University
16.Union Graduate School of Science and Technology
17.National Cancer Center International Cancer
Graduate School
18.Korea Development Institute International Policy Graduate University

https://t.me/Kareyada_xayot
17.7K views10:10
Ochish/sharhlash
2024-02-06 19:44:17 E-9 vizasi uchun bo'ladigan imtihonga ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganlar diqqatiga

4 ta yo'nalishdan birini tanlashingiz kerak
Ishlab chiqarish sohasida 22248 ta
Qishloq xo'jaligi sohasida 6858 ta
Xizmat ko'rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida 5403 ta (asosan ayollar uchun)
Qurilish sohasida 2898 ta

Eslatma!
2023-yil kemasozlik bo'yicha registratsiya qilgan bo'lsangiz E-9 uchun qayta ro'yxatdan o'tsangiz bo'ladi

Kvota soni to'lsa keyin ro'yxatdan o'tish to'xtatiladi.
Kvota soni to'lmaguncha ro'yxatdan o'tish ochiq bo'ladi.

Ro'yxatdan ochish uchun ZAGRAN PASPORT VA RASM HAJMINI TO'G'IRLAB OLING

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun videoqollanma tayorlanmoqda
Ma'lumotlar uchun kanalimiz manzili
https://t.me/Kareyada_xayot
20.1K viewsedited  16:44
Ochish/sharhlash
2024-02-06 16:17:22 Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida ishlash istagidagi fuqarolar uchun joriy yil 8-14-fevral kunlari ro'yxatdan o'tish rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi.

Yuklanishi zarur bo‘lgan maʼlumotlar ro‘yxatidagi 3,5x4,5 hajmdagi rasm 150x190 piksel bo‘lishi lozimligini maʼlum qilamiz.

1-fevral kuni berilgan eʼlonda texnik xatolik tufayli 100x300 piksel bo‘lishi yozilgan.

https://t.me/Kareyada_xayot
17.2K views13:17
Ochish/sharhlash
2024-02-06 08:47:04
E-9 Vizasi uchun yangilik

E-9 vizasi bo'yicha bugun yangilik elon qilindi.

Bunga ko'ra E-9 vizasi uchun imtihondan o'tkan barchaga shartnomalar berilishi tezlashtiriladi
Koreyada har bir ish joyi uchun ishchilar yonlash shartnoma berish ko'paytiriladi
E-9 vizasidagi ishchilar faqat zavodlarda emas balki endi Aeroportlarda yuk tushurish va yuklash ishlarini bajarishsa ham bo'ladi. E-9 bilan ishlash kasblari kengaytirildi
Endi E-9 vizasi bilan borganlar 9 yilu 8 oy Koreyada ishlashlari mumkin bo'ladi
Bundan tashqari E-9 vizasi uchun kvota soni ham ko'paytirildi bu yilga nisbatan yana 10 yoki 20 mingtaga ko'paytiriladi
E-9 vizasi egalari oilasini ham Koreyaga chaqirishi mumkin bo'ladi

Yangiliklar xaqida batafsil kanalimizda o'qib bo'ring
https://t.me/Kareyada_xayot
https://t.me/Kareyada_xayot
https://t.me/Kareyada_xayot
23.2K views05:47
Ochish/sharhlash
2024-02-05 19:43:45 Koreya Respublikasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida quyidagi sohalarda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun joriy yil 8-14-fevral kunlari ro'yxatdan o'tish rejalashtirilgan:

Ishlab chiqarish sohasida 22248 ta
Qishloq xo'jaligi sohasida 6858 ta
Xizmat ko'rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida 5403 ta (asosan ayollar uchun)
Qurilish sohasida 2898 ta

Eslatma!

Ro'yxatdan o'tish jarayoni nomzodlar soni yuqorida ko'rsatilgan kvotalarga yetganidan so‘ng to‘xtatiladi.
Nomzodlar yuqoridagi sohalardan faqat bittasini tanlashi kerak.
(2023-yilda kemasozlik sohasi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar 2024-yil hisobidan yana boshqa bir sohaga onlayn ro’yxatdan o’tish imkoniyati mavjud).

2024-yil 8-14-fevral kunlari Agentlik taqdim etadigan havola orqali anketa to'ldirib, ushbu anketa raqami bilan Milliy bankning mobil ilovasi yordamida (bank shoxobchalariga bormasdan) 28 $ miqdoridagi toʻlovni amalga oshirgan holda onlayn ro‘yxatdan o‘tish rejalashtirilgan.

Eps-topik test imtihonida qatnashish uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
18 yoshga toʻlgan (2006-yil 1-fevral sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1984-yil 2-fevral sanasidan keyin tug‘ilgan);
Koreys tilini biladigan;
Xorijga chiqish uchun taqiqi boʻlmagan;
Sogʻlom, yuqumli kasallikka chalinmagan;
Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yoʻq;
Koreya Respublikasida E-9 yoki E-10 vizasi asosida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan;
Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim.

Roʻyxatdan oʻtish va yuklash uchun zarur maʼlumotlar:

1. Telefon raqami;
2. Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim);
3. 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim).

Pasport va rasmni yuklash tartibi

4. Yashash manzili (viloyat, tuman, MFY, koʻcha va xonadon).

Maʼlumotlar faqat lotin alifbosida va to’g’ri kiritilishi zarur.

Nomzodlardan maʼlumotlarni xorijga chiqish pasporti asosida toʻliq va aniq kiritilishi soʻraladi. Maʼlumotlari xato yuklangan yoki kirtilgan nomzod testda qatnasha olmasligi yoki testdan muvafaqqiyatli oʻtgan taqdirda ham unga viza rad etilishi mumkin.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarning Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

https://t.me/Kareyada_xayot
13.6K views16:43
Ochish/sharhlash
2024-02-05 12:31:49
Eps topik uchun roʻyxatdan oʻtish bosqichida kerak boʻladigan ONE ID tizimidan roʻyxatdan oʻtish.

kerakli hujjatlarni kiritib belgilangan shartlarni bajarib ONE ID tizimidan roʻyxatdan oʻting

https://t.me/Kareyada_xayot
18.5K views09:31
Ochish/sharhlash
2024-02-04 19:57:53 E-9 vizasi uchun bo'ladigan 2024-yildagi birinchi yangi imtihonga ro'yxatdan o'tish uchun siz ONE ID ochishingiz kerak.

ONE ID ochish videosini telegramga joylaymiz

Bundan tashqari Pasportingizni va Rasm olchamlariga e'tibor bering.
Qanday rasm va Pasport tayorlash haqida ham video qo'llanma joylaymiz

https://t.me/Kareyada_xayot
16.3K viewsedited  16:57
Ochish/sharhlash
2024-02-04 07:45:32 Talaba vizalari uchun xushxabar

2024-yil bahorgi semestr uchun viza berish soddalashtirilgan holda berilyapti ekan

Talaba vizasi uchun Elchixonaga hujjat topshirganlarga deyarli barchasiga vizalar berilmoqda
Barchaga omad

Kanal manzili
https://t.me/Kareyada_xayot
18.6K views04:45
Ochish/sharhlash
2024-02-03 18:39:21 8-Fevraldan boshlab ro'yxatdan o'tish boshlanadi

Ro'yxatdan o'tish uchun sayt kanalga joylaymiz.

Ro'yxatdan o'tish bo'yicha ko'pchilik registratsiya qilib berishni taklif qilsa aldanib qolmang.
Royxatdan o'zingiz ham o'tsangiz bo'ladi

Video qo'llanma joylaymiz shunga qarab ro'yxatdan o'tsangiz bo'ladi

https://t.me/Kareyada_xayot
21.4K views15:39
Ochish/sharhlash
2024-02-02 17:45:20 Diqqat Ajoyib yangilik
Yangi viza uchun 2024-yil uchun qayta qabullar ochildi

18-yoshdan 39 yoshgacha bo'lgan ayol va erkaklar hujjat topshirishlari mumkin.


Hujjat topshirish uchun qabul haqida ma'lumot joylaymiz
https://t.me/Kareyada_xayot
22.4K viewsedited  14:45
Ochish/sharhlash