Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga o | 🇰🇷KOREA IMMIGRATION SERVICE《🇺🇿UZ》

Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlash maqsadida 8-13 fevral kunlari QURILISH yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun EPS-Topik imtihoni 4-9 mart kunlari (dam olish kunlari ham) bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Imtihon manzili: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

Lokatsiya

Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro'yxati

Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:

1. xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli rangli surat (2 dona).

Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1. Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yildan 4 yilgacha cheklov qo‘yiladi.

Eslatma

Shuningdek, 8-13 fevral kunlari boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun EPS-Topik imtihoni quyidagi ketma-ketlikda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda:

1. Qishloq xo‘jaligi.
2. Xizmat ko‘rsatish-2.
3. Ishlab chiqarish.

Murojaat uchun:
https://t.me/Kareyada_xayot
https://t.me/Kareyada_xayot
https://t.me/Kareyada_xayot