Get Mystery Box with random crypto!

O'ZBEKISTONDA O'TKAZILADIGAN 70-TOPIK IMTIHONI BEKOR QILINISHI | KORES TILI

O'ZBEKISTONDA O'TKAZILADIGAN 70-TOPIK IMTIHONI BEKOR QILINISHI MUMKINMI ?

Assalamu aleykum hurmatli kareys tili o'rganuvchi yurtdoshlar xabaringiz bor O'zbekistonda 2020-yildan boshlab topik imtihoni 5 marotaba o'tkaziladigan bo'ldi bu quvonarli xabar chunki hamma Davlatlardaham topik imtihoni 5 marotaba o'tkazilmaydi. Lekin tangani ikkinchi tomoni bo'lgandek achinarli holatham bor bu topik imtihoniga online ro'yxatdan o'tishdagi qiyinchilik va turli nosozliklar. Bizdan boshqa Xitoy,Vetnam kabi davlatlardaham topik imtihoniga talab yuqori lekin bizni
O'zbekiston singari topik imtihoniga online ro'yxatdan o'tishda qiyinchilik,nosozliklar bo'lmaydi.

Bizda harxil tushunmovchilik, tashkec.uz saytidan belgilangan tartib bo'yicha ish qilmayotganligimiz sababli online ro'yxatdan o'tish jarayoni ancha qiyin bo'ladi. Shu sababdan topikga online ro'yxatdan o'tish jarayoni tez-tez o'zgarib keladi va hammasi samarasiz bo'lib kelmoqda.ushbu muammo bo'yicha Kareya topik markazi tomonidan ko'p choralar ko'rildi lekin bu safarham saytda
muammo kuzatildi

Endi Toshkentdagi KAREYA TALIM MARKAZIDA 70-topik imtihonini bekor qilishga ruxsat bor.
Agar yana topikga online ro'yxatdan o'tish paytida serverda,saytda turli nosozlik va muammolar yuzaga kelsa 70-topik imtihoni bekor qilinishi mumkin.
57-topik imtihonida saytda muammo bo'lib ro'yxatga olish ofline
o'tkazilgan va bu katta muammo tug'dirgan. Bu safar unday bo'lmaydi agar saytda shunday muammo yuzaga kelsa imtihon bekor qilinadi!!

Toshkent Kareya talim markazida kompyuterdan ko'rinib turadi
kim nechta kabinet ochdi,nech kishi saytdan ro'yxatdan o'tib kabinetga ega. 69-Topikga online ro'yxatdan o'tish kuni shaxsiy kabinetga ega bo'lgan kishilar sonidan ko'p kishi saytga kirgan. yaxshi tushunmasdan kabineti yoq bo'lganlarham saytga kirib olib
Saytda nosozliklar yuzaga kelishiga sabab bo'lgan

Ushbu muammolarni birgalikda birlashib qisman bo'lsada bartaraf qilishimmiz kerak. Topikga online ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lgan do'stlarimmizga yaxshilab tushuntirishimmiz kerak. Va boshqa kanal adminlardanham ushbu postni o'z kanallariga yuklarlashlarini iltimos qilib qolamiz

70-Topik
Imtihon sanasi 24-may
Saytdan ro'yxatdan o'tish
Shaxsiy kabinet ochish 20-yanvardan 3-fevralgacha
Topikga Online ro'yxatdan o'tish
6-fevral 22:00

Agar saytda shaxsiy kabinetga ega bo'lsangiz yana boshqatdan shaxsiy kabinet ochishga hojat yoq!

Muhim
Shaxsiy kabinetga ega emasmisiz
Topikga online ro'yxatdan o'tish kuni
Saytga kirmang!

Online ro'yxatdan o'tdizmi pdfni yuklashga vaqt sarflab o'tirmasdan
Saytdan chiqib keting! (Pdfni keyin tortib olsaham bo'ladi)

Online ro'yxatdan o'tish paytida
100 martadan обновить ni bosmang!

Mulohaza bilan o'ylab ish qiling zero boshqalar sizning harakatingizdan zarar ko'rishmasin!!!

@kares1tili