Get Mystery Box with random crypto!

​​UZB: Ogohlantirilgan, demak qurollangan! Firibgarlar puling | Kapitalbank Uzbekistan

​​UZB: Ogohlantirilgan, demak qurollangan!

Firibgarlar pulingizni o'g'irlash uchun turli sxemalardan foydalanishda davom etmoqda.
Ularning hiyla-nayranglariga tushib qolmaslik uchun quyidagilarni yodda tutish kerak:

Tanimagan odamlar tomonidan yuborilgan xabarlardagi havolalarni bosmang. Ayniqsa, sizga biron bir sayt yoki to'lov tizimidan pul mablag'lari, yutuq yoki sovriningizni olishni taklif qilishsa.
Bankdan kelgan SMS-kodni hech kimga, hatto bank xodimiga ham aytib bo‘lmaydi. Deyarli har doim bu SIZNING pul mablag'laringizni hisobdan yechish uchun yuborilgan kod bo'ladi.
Maxfiy karta ma'lumotlari, jumladan, amal qilish muddati, CVV va PIN kodni hech kimga ma'lum qilmang.
Tasdiqlanmagan veb-saytlarga karta maʼlumotlarini kiritmang.

Ikkita keng tarqalgan firibgarlik sxemalariga misol:

Ma'lum miqdorda pul mablag'i yutganingiz haqida xabarnoma olishingiz mumkin. Keyin esa mablag'larni olish uchun sizdan kartangizning kerakli ma'lumotlarini to'ldirishingiz kerak bo'lgan havolaga o'tishingiz so'raladi. Bunday ma'lumotlarni kiritganingizdan so'ng, kartangizdan mablag'lar yechib olinadi.

Agar siz tovaringizni veb-saytlar orqali onlayn tarzda sotsangiz, potentsial firibgar-mijozdan sizning tovaringizga to'lov qilishi uchun unga bank kartasi raqami, uning sanasi va orqa tarafdagi uch xonali kod koʻrinishidagi maʼlumotlaringizni taqdim etish soʻrovini olishingiz mumkin. Sizdan bankdan kelgan SMS-kodni ham so'rashlari mumkin. Agar siz ushbu ma'lumotni va SMS kodni taqdim etsangiz, katta ehtimol bilan sizning kartangizdan pul mablag'lari yechib olinadi.

Sizga shuni eslatib o'tamizki, pullaringizning eng ishonchli himoyasi bu ogohlik va hushyorlikdir.

RUS: Предупреждён - значит вооружён!

Мошенники продолжают использовать различные схемы для кражи ваших денежных средств.
Чтобы не попасться на их уловки важно помнить следующее:

Не переходите по ссылкам в сообщениях, отправленных от неизвестных лиц. Особенно если вам предлагают забрать деньги, выигрыш, приз с какого-то сайта или платежной системы.
СМС-код от банка нельзя сообщать никому, даже сотруднику банка. Практически всегда это код для списания ВАШИХ денежных средств.
Никому не сообщайте конфиденциальные данные карты: срок, CVV и ПИН-код.
Не вводите данные карты на непроверенных веб-сайтах.

Пример двух распространённых схем мошенничества:

Вам может прийти уведомление о выигрыше определенной суммы денег. Для дальнейшего получения средств будет предложено перейти по ссылке, где нужно заполнить необходимые данные вашей карты. После ввода подобной информации с вашей карты будут списаны денежные средства.

Если вы осуществляете онлайн продажу Ваших товаров через сайты, от потенциального клиента-мошенника вам может прийти запрос на предоставление ему ваших данных в виде номера банковской карты, её даты и трехзначного кода на оборотной стороне якобы для оплаты вашего товара. Также у вас могут попросить сообщить смс-код, пришедший вам от банка. Если вы предоставите данную информацию и смс-код, то скорее всего с вашей карты будут списаны деньги.

Напоминаем, что самая надёжная защита ваших денег - информированность и бдительность.