Get Mystery Box with random crypto!

Ilyosbek M.|| Blog ✍

Telegram kanalining logotibi kanspektor — Ilyosbek M.|| Blog ✍ I
Telegram kanalining logotibi kanspektor — Ilyosbek M.|| Blog ✍
Kanal manzili: @kanspektor
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 209
Kanalning ta’rifi

Eng katta boylik — bu bilim.  Eng dahshatli qashshoqlik — bu nodonlikdir.
Ilyosbek Musurmonovning shaxsiy blogi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-03 14:12:16 ​Oʻzgaribsan deysiz,
Yoʻq,
Men oʻshaman,
Faqat endi yigʻlamay qoʻydim.
Bir oz kuchaygandek yurak ogʻrigʻi,
Bir oz eskirgandek muhtasham koʻnglim.

Men hamon oʻshaman.
Faqat negadir,
Qaroroq tuyular tunlar zulmati,
Eng nafis tuygʻular, bokira hislar,
Yoʻqotib qoʻygandek qadrin, qimmatin.

Men hamon oʻshaman, oʻsha- oʻshaman,
Koʻksimda nimadir titraydi faqat.
Faqat ertaklarga qaytib ketgandek,
Oʻsha afsonaviy ishq-u muhabbat.

Men hamon oʻshaman,
Ming yildan beri,
Sheʼrga toʻkib kelgan bor bisotini.
Va yana million yil chidab boʻlsa ham,
Kutgan bu azoblar mukofotini.

Men hamon oʻshaman,
Xayronalikda,
Bosh egib manzilga borayotgan jim,
Tumonat odamlar orasidaman-u,
Yonimda hech kim yoʻq, yonimda hech kim!

Malika Salimova
62 views11:12
Ochish/sharhlash
2023-01-02 16:42:18 "Pomodoro metodi"

“Pomodoro”
sistemasi hozirgi kunda eng keng tarqalgan va eng mashhur time-management texnikalaridan biridir. Pomodoro – shunday metodki, bunda sizga faqat qalam, qog’oq va smartfon kerak bo’ladi holos (“Taymer” funksiyasi bor istalgan qurilma, soat ham bo’laveradi).

Bu metod Franchesko Chirillo tomonidan yaratilgan. 80-yillarda, talabalik vaqtlarida o’qishga kamroq vaqt sarflash va uni samarador qilish yo’llarini topishni hohlagan. U dars vaqtini ma’lum bir qisqa muddatlarga bo’lib chiqqan. Keyin u 10 daqiqali pomidor ko’rinishidagi taymerni olgan va aynan o’sha muddat ichida bajarayotgan vazifasiga maksimal darajada e’tibor qaratgan. 10 daqiqadan so’ng esa, yana taymerni ishga tushirib, dam olgan. O’z nomini bu metod “pomidor” taymeridan olgan.

Keyinchalik, Illinois Universitetining Psixologiya professori Alejandro LLeras tomonidan tajriba va izlanishlar o’tkazilgan. Bu izlanish keyinchalik, “Cognition” jurnalida chop etiladi. Uning aytishicha: “Uzun vazifalar bilan yuzlashganda (masalan, imtihon oldida), o’zingizga qisqa tanaffus berishingiz lozim. Qisqa tanaffuslar sizga vazifalarga diqqatli bo’lishingizga yordam beradi!”

Endi, metodni o’ziga kelsak, u juda oddiy.
1. Vazifani qog’ozga yozasiz
2. Taymerni 25 daqiqaga yoqasiz
3. 25 daqiqadan so’ng, 5-10 daqiqa tanaffus qilasiz
4. 4 ta “pomidor”dan so’ng 25-30 daqiqa katta tanaffus qilasiz. Va shu zaylda davom etasiz

@Kanspektor
75 views13:42
Ochish/sharhlash
2023-01-02 10:51:51 Kecha Mb si tugaganlaa ....
Bugun oramizda yöq
74 views07:51
Ochish/sharhlash
2023-01-02 09:19:29
#mulohaza

Misr kino festivalida yilning eng yaxshi qisqa metrajli kino filmi deb topilgan ushbu 4 daqiqalik filmni tomosha qiling.

Juda ta‘sirli, ma‘noli, hamda ibratli.
Xulosa o‘zingizdan.

Film nomi: "Ikkinchi poy"

@Kanspektor
73 views06:19
Ochish/sharhlash
2022-12-31 19:10:24
Yil archasi!

Credits: Zafar Kadirov VFX
91 views16:10
Ochish/sharhlash
2022-12-31 18:59:48 #tabrik

Oʻz sevganlarimga sogʻlik tilayman. Meni sevganlarga esa boylik.
90 views15:59
Ochish/sharhlash
2022-12-31 16:50:17 Yil yangi, zamona yangi,narsalar xilma xil, ammo odamlar o‘sha o‘sha eskicha fikr ko‘rolmaslik, xudbinlik.
91 views13:50
Ochish/sharhlash
2022-12-31 14:21:33 ​​1-yanvar 00:00 da boshlayman ...

- Soat 15:00 da boshlayman!
- *Soat: 15:01
- Ulgurmadim 16:00 da boshlayman

Barchamiz hech bo'lmaganda bir marta shunaqa vaziyatni boshimizdan o'tkazganmiz. Keyinchalik, ana shu sabali yig'ilib qolgan ishlar ko'p vaqtimizni olgan. Bunaqa vaziyatlar iloji boricha bo'lmasligi uchun bir nechta maslahatlar bermoqchiman

1. Agar biror ish 1-2 daqiqadan kam vaqt olsa, bajarish kerak. Masalan: ovqat yegandan keyin, idishni yuvish; olgan narslarni joyiga qo'yish va shunga o'xshash mayda ishlar. Bular umumiy holatda, juda ahamiyatli bo'lmasa ham, tartibsizlikni oldini oladi va ishlarning yig'ilib qolmasligiga sabab bo'ladi.

2. O'zingizni rag'batlantiring. Har bir ishni (1-punktdagilar mustasno) , yoki "Pomodoro" ni bajarib bo'lgandan keyin o'zingizga mukofot bering. Masalan: har bir Pomidor uchun bir piyola sharbat; shirinlik yoki pomidor ) .
P.S: tanaffus vaqtlarida ijtimoiy tarmoqlarga kirmang yoki telefon, kompyuter o'ynamang, aks holda 5 minutlik dam, 5 soatlik кайф aylanadi. Bu ishlarni 25-30 daqiqalik tanaffusga, iloji bo'lsa yana ham kechroqga qoldiring.

3. Motivatsiya kutmang. Ko'pchilik: "Manda bu ishni qilishga motivatsiya yo'q, motivatsiya kelsa, qilaman", deb aytadi. Yoki o'zini ruhlantirish uchun motivatsion video qidiradi. Unaqa gaplarni o'zingiz ham диктофон ga yozib olsangiz bo'ladi, qiyin emas ) . Biror ishni bajarish uchun motivatsiya kerak emas, iroda kuchi kerak. Hohlamayotgan ishni boshlaganizgizdan keyin ishni o'zi sizga motivatsiya berishni boshlaydi. Ishning borishiga qarab ba'zida motivatsiya tezroq, ba'zida sekinroq keladi. Zerikib qolmaslik uchun 2-punktga amal qilib "mini-motivatsiya" olsangiz bo'ladi.

4. Yutuq muhim, jarayon muhimliroq. Masalan: OTM ni tugatib, diplom olish. Bunday vaziyatda, eng muhim narsa bu - sizning o'qigan yillaringizda olgan tajribangiz, orttirgan do'stlaringiz, almashgan fikrlaringiz, o'tkazgan foydali vaqtingizdir. Umumiy hollarda, o'tkazilgan mazmunli va foydali vaqt muhim.
Bir marta bo'lsa ham, butun kunni mazmunli o'tkazing. U hissiyotni ta'riflab bo'lmaydi.

@Kanspektor
92 views11:21
Ochish/sharhlash
2022-12-31 13:16:47 Yangi Yil bu...

Har Yangi Yil oqshomida hayolimizga zo'r g'oyalar, maqsadlar ko'pirib keladi. Nega?

Sabab: miyangizga erkinlik berdingiz.

Miyangiz hech narsa (telefon, dars, ish, suhbat) bilan band emas. Endi u bemalol fonda turgan g'oyalar, yechimlarni sizga taqdim qila oladi. Evrika!

O'xshash holat:
- uxlashdan oldin
- dushda
- namoz vaqtida
- toza havoda yurganda
- badiiy kitob o'qiganda

Mantiq: BO'SH vaqtlarda telefonga yopishishdan ko'ra, miyangizga erkinlik bering. Sizga dardini aytishiga imkon bering )

@Kanspektor
86 views10:16
Ochish/sharhlash
2022-12-30 17:12:56 Qalbida borini aytmoq va siz ko‘rganingizni aytmoq bir xil emas!

Elishligim♡£
91 views14:12
Ochish/sharhlash