Get Mystery Box with random crypto!

Barchamizga ma'lum maqol va iboralar talabalar talqinida: ~ | Ilyosbek M.|| Blog ✍

Barchamizga ma'lum maqol va iboralar talabalar talqinida:

~ Dars ishtaha ochar, talaba darsdan qochar

~ Talabaning yugurgani sessiyagacha

~ Boshingda ukaska sinsa ham mavzuni gapir

~ Bilimi zo‘r birni yiqitadi, tankasi zo‘r mingni

~ Yaxshi qiz gruppadan ortmaydi

~ Domlani kelganda ko‘r, bahoni qo‘yganda ko‘r

~ Talaba so‘ramasa, domla dars o‘tmas

~ Uch bahoyim, tinch qulog‘im

~ Ko‘p gap sessiya paytida yuk

~ Abituriyent bilan talabani qancha qilma tarbiya,.............. bo‘lur, aslo bo‘lmas odamiy

~ ''Yaxshi'' talaba sessiyada ''chopadi''

~ Talabaga ''40 hunar'' oz

~ Talabaning makri qirq domlaga yuk bo‘lar

~ Talaba ''yetti xazina''ning biri (domlalar nigohida)

~ Universitet ikkinchi uyim (sessiya paytida)

Albatta bularning barchasi hazil (unutmang, ba'zan haqiqatlar hazil orqasiga yashiringan bo‘ladi ).