Get Mystery Box with random crypto!

Kanal

Telegram kanalining logotibi kanalniuseri — Kanal K
Telegram kanalining logotibi kanalniuseri — Kanal
Kanal manzili: @kanalniuseri
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 106

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-02-19 16:01:42
Ayam: Qizim, o'rtog'ing yigitlar bilan gaplasharkan. U qiz bilan yurma.
Men:
98 views13:01
Ochish/sharhlash
2023-02-19 16:00:20
Kushli mem

@plossla
94 views13:00
Ochish/sharhlash
2023-02-10 12:33:22
@kanalniuseri
195 views09:33
Ochish/sharhlash
2023-02-09 19:41:11
• TDYU volontyor-talabalari ayollar va qizlarga nisbatan kiberzo‘ravonlikka qarshi

• Студенты-волонтеры ТГЮУ против кибернасилия в отношении девушек и женщин

• Volunteer students of TSUL against cyber violence against girls and women

@tsulofficial
131 views16:41
Ochish/sharhlash
2023-02-02 22:03:44 Ayollar sizning uy hayvoningiz emas.

@kanalniuseri
172 views19:03
Ochish/sharhlash
2023-01-18 15:34:52 Kuzatishimcha, ko'pchilik o'zbeklarda hammom bilan bog'liq qo'rqinchli bolalik hotiralari bor. Agar, sizniyam onangiz qaynoq suvda cho'miltirgan bo'lsa;
Toshga suv sepib, parda dimiqtirgan bo'lsa;
Qattiq mochalkada ishqalab, qiynoqqa solgan bo'lsa;
Qo'l oyoqlaringizni kirini chiqaraman deb, burab tashlagan bo'lsa;
"Lo'lini bolasiga o'xshaysan", "Kiringa 10ta kuchuk to'yadi" deb haqorat qilgan bo'lsa, bizga murojaat qiling. Ko'zimizda jiqqa yosh bilan, bir-birimizni quchib qo'yaylik.

@kanalniuseri
370 viewsedited  12:34
Ochish/sharhlash
2022-10-06 18:07:58 O'qimasdan, bir ishni boshidan tutmasdan turib uylanvogansan. To'yinga ketgan pullarniyam Rossiyada yillab yurib yiqqansan. Hotining homilador bo'lishi bilan, to'yni qolgan-qutgan qarzlarini uzish, qora qozonni qaynatish uchun yana jo'navording.
Mana, 4 oylik kelinchakligida tashlab ketgan hotining kelguningcha bola tug'ib, kattayam qilib qo'yipti. Endi planlaring qanaqa? Albatta, yana bitta bolani ichiga solib, mashinaga pul to'plashga ketasan. Keyin sunnat to'yga, uy solishga...
Telegram ava'nga musofirlar haqida she'rlar qo'yasan, ijtimoiy tarmoqda bolalaringni sog'inganing haqida yurakni ezadigan postlar yozasan. Bolalaring buyoqda mehrga zor. Lekin, kimdir bolani rejalashtirish haqida nimadir desa, ketmon bilan beliga solish uchun yugurib kelasan. Battar bo'l deymanu, bolalaringa jabr...

@kanalniuseri
135 viewsedited  15:07
Ochish/sharhlash
2022-09-26 14:25:13
Turkiyaning onlayn savdo-sotiq platformasi - Trendyolda sotilayotgan kafanlik ostida turklarning qoldirgan izohlari:

- Olovga chidamlimi?
- Modaga mosmi? Eskichasini kiyishni xohlamayman. Narigi dunyoga zamonaviy bo'lib bormoqchiman.
- Pushti, yaltiroqlisi bormi? U dunyodayam go'zal bo'lgim kelyapti.
- Adidas yozuvlisi bormi?
- Bunchalik qimmatligiga qaraganda, buni sotib oganlarga jannat naqd shekilli a?
- 80% chegirmaga kirganda xabar berolasizmi? O'sha payt jonimga qasd qilaman.
- Bo'lib to'lashga olib, to'lolmay o'lib ketsam, haqqingizga rozi bo'lasizmi?
- Terlatmaydimi?
- L razmeri bormi? Men oversayz kiyishni yoqtiraman.
- Qabr azobi o'tkazmaydimi?

@kanalniuseri
91 views11:25
Ochish/sharhlash
2022-09-10 01:01:20
Men:
Hayotda hamma narsani ko'rib bo'ldim.
Hijob o'ragan embrion:
Qaless?

@kanalniuseri
144 views22:01
Ochish/sharhlash
2022-09-01 13:00:33
Chalpak - vodiyliklarni balo qazolardan asraydigan "patronus"i. Yer-suv egalari, pir-u avliyolarga qurbonligi. Og'ir darddan tuzalganlarning shukronasi. Yana kimningdir tavbasi.
Ishqilib, har qanday tushunarsiz holatda, chalpak qilib, qo'shnilarga tarqatvor.

@kanalniuseri
82 views10:00
Ochish/sharhlash