Get Mystery Box with random crypto!

Immigrate to Alberta Alberta yirik neft sanoati bilan mashhu | Kanada | Ta'lim 🇨🇦

Immigrate to Alberta

Alberta yirik neft sanoati bilan mashhur Kanadadagi to'rtinchi yirik provinsiya. Eng boy viloyatlardan biri hisoblanadi. Alberta Kanadada aholi jon boshiga to'g'ri keladigan eng yuqori YaIM ga ega provinsiyalardan biri.
Alberta immigratsiyasiga qiziqasizmi

O'qing

Alberta Express Entry oqimi job offer (ish taklifi) talab qilmaydigan yo`nalishlardan biri. Sizda ish taklifi, Kanadada ta`lim yoki Kanadada ish tajribasi bo'lmasa ham, ushbu maxsus dastur orqali immigratsiya qilishingiz mumkin
Har yili Kanadaning har bir provinsiyasi, shu jumladan Alberta ham ma'lum miqdordagi Nomination ga ega bo'ladi. 2022-yilda Alberta 6,500 ta nomzodlik sertifikatini oldi. Alberta mavjud yo`nalishlarning har biriga qancha nominatsiyani tayinlashi haqida rasman ma'lumot bermaydi. 2022-yil dekabr holatiga ko'ra hozirda Alberta Express Entry yo`nalishida 270 ga yaqin nomzodlar ko'rib chiqilmoqda. Alberta Express Entry kamroq o'ringa ega, lekin shu bilan birga, profil talablariga mos kelsangiz, Albertadan nomzod bo'lish uchun hali ham yaxshi imkoniyat mavjud.
Shuningdek, Alberta Opportunity Stream yo`nalishida taxminan 960 ta nominatsiya ko'rib chiqilayapti. Ammo bu yo`nalish job offer ni talab qiladi.

Xo'sh, bu dastur qanday ishlaydi?
Express Entry portalidagi mavjud nomzod profili ma'lumotlariga asoslanib, Alberta nomzodlarni tanlaydi va ularga federal Express Entry profili orqali Notifications of Interest (qiziqish bildirishnomalarini) yuboradi.

Siz quyidagi hollarda Notifications of Interest olishingiz mumkin:

- federal Express Entry da faol Express Entry profilingiz bo`lsa;
-federal Express Entry profilingizda ko`rsatilgan asosiy kasbingiz Alberta iqtisodiy rivojlanishi va diversifikatsiyasini qo'llab-quvvatlaydigan kasb bo`lsa;
- siz Albertaga bir umrga immigratsiya qilish istagini bildirsangiz;
- Comprehensive Ranking System da kamida 300 ballga ega bo`lsangiz.
P.s Tanlov talablariga javob bersangiz ham, Notifications of Interest yoki ariza berish so`rovi olishingizga to`liq kafolat berilmaydi. Bu ushbu talablarga javob beradigan potentsial nomzodlar soni, kasb turi va nomzodlar kvotasiga bog`liq.

Xo'sh, ushbu dasturga qanday murojaat qilinadi?
Express Entry profilini yarating va provinsiyalar ro'yxatida 'Alberta' ni belgilang.
https://www.canada.ca/en/immigration-refugees-citizenship/services/immigrate-canada/express-entry/submit-profile.html

Imkoniyatlaringizni oshiradigan omillar:
- ish taklifi bo`lsa
- Kanadadagi o'rta maktabdan keyingi ta'lim muassasasining bitiruvchisi bo`lsangiz;
- ota-onangiz, farzandingiz, Albertada doimiy yashovchi aka-uka yoki opa-singilingiz bo`lsa yoki ulardan biri Kanada fuqarosi bo`lsa;
- Fransuz tili sizning birinchi tilingiz bo`lsa.

Imkoniyatlaringizni kamaytiradigan omillar:
- Express Entry profilingiz 5 oy yoki undan kam vaqt ichida muddati tugasa;
- federal Express Entry profilingizdagi asosiy kasbingiz Alberta Opportunity Stream Ineligible Occupations ro`yxatida bo`lsa. (ro`yxat bilan quyidagi havola orqali tanishing)
https://www.alberta.ca/aaip-alberta-opportunity-stream-eligibility.aspx

Alberta qaysi kasb egalari ko`pincha ustunlikka egaligini rasman e'lon qilmaydi, ammo Albertada talab yuqori bo'lgan kasblar ro'yxati:

- Registered nurses and registered psychiatric nurses;
- Transport truck drivers;
- Retail and wholesale trade managers:
- Retail sales supervisors:
- Heavy-duty equipment mechanics:
- Accounting and related clerks;
- Shippers and receivers;
- Store shelf stockers , clerks and order fillers;
- Restaurant and food service managers;
- Administrative officers;
- Construction millwrights and industrial mechanics;
- Other customer and information services representatives;
- User support technicians;
- Food service supervisors;
- Hairstylists and barbers.