Get Mystery Box with random crypto!

Kanadada 'o'qish ruxsatnomasi' siz o'qish mumkinmi? Quyidagi | Kanada | Ta'lim 🇨🇦

Kanadada 'o'qish ruxsatnomasi' siz o'qish mumkinmi?

Quyidagi holatda o'qishga ruxsat olish uchun ariza topshirmasdan Kanadada qonuniy ravishda o'qish mumkin.

Kanadada qisqa muddatli o'qish
6 oy yoki undan kamroq vaqt
davomida talim dasturida o'qish uchun ruxsat talab qilinmaydi. Kurslar har qanday fan(lar)dan iborat bo'lishi, part-time yoki full-time bolishi mumkin.

Kanadadagi voyaga yetmagan bolalar
Kanadada istiqomat qiluvchi har qanday voyaga yetmagan bola maktabgacha, boshlang'ich yoki o'rta talimda o'qish ruxsatisiz o'qishi mumkin. Bu vaqtinchalik talabalar yoki ishchilarning farzandlariga, shuningdek, Kanada fuqarolari va doimiy yashovchilarga ham tegishli.

Diplomatlarning oila azolari & shaxsiy xodimlari
Chet el diplomatlari va xorijiy akkreditatsiyadan o'tgan vakillarning oila a'zolari yoki shaxsiy xodimlari Kanadada o'qishi uchun ruxsat talab qilmaydi. Oila a'zosi turmush o'rtog'i, qaramog`idagi farzandi va nevarasi bolishi mumkin.

Kanada xorijiy qurolli kuchlar a'zolari
Ba`zi mamlakat qurolli kuchlari a'zolari Visiting Forces Act qonuni maqsadida 6 oydan ko'proq vaqt davomida mashg'ulotlarga qatnashish uchun o'qishga ruxsat olishi talab qilmaydi. Quyida mamlakatlar ro`yxati https://www.canada.ca/en/immigration-refugees-citizenship/corporate/publications-manuals/operational-bulletins-manuals/temporary-residents/visitors/countries-designated-purposes-visiting-forces-act.html
@KanadaTalim
https://t.me/KanadadaTalim