Get Mystery Box with random crypto!

Bugungi kunimdan parcha:) Bugun doimgidek kunimni ko`chada o` | Kamronbek Baxtiyorov | Blog

Bugungi kunimdan parcha:)

Bugun doimgidek kunimni ko`chada o`tqazdim. Ish, o`qish va hokazolarla. Juma namozi vaqti bo`layotgan edi. Shoshib yo`lga otlandim, yo`l davomida tasbeh aytish hayolimga keldi, chunki yo`l uzoq edi. Masjidga yetib keldim va shukur qildim. 2 rak`atlik farz namozidan keyin, chuqur nafas oldim. Qalbimga nimadur shu nafas ila kirganday bo`ldi. O`zimni juda ham doimgidan tetik his qildim va bu nima ekan deya o`ylay boshladim shu yusinda 4 rak`at sunnatni qanday o`qiganimni bilmay qoldim. Yo`lga chiqdim yana. Shu o`y hamon meni tark etmas edi. Soat 20.00 lar atrofida u nima ekanligini topdim. U Allohimning barcha bandasiga yuborgan Jannat hidi va Ramazon Hiloli edi. Qalbimda his qilgan bu yaxshilikdan so`ng hursand bo`ldim va doimiy tunimni qiyomda o`tqazishni duo qilib so`radim:)

Shu postimni o`qigan insonlarni barchasiga Robbim Jannatidan bersin. (Amiyn)

#Hilol #RamadanMubarak

Foydali link…