Get Mystery Box with random crypto!

Kamol Madaminov

Telegram kanalining logotibi kamolmadaminov — Kamol Madaminov K
Telegram kanalining logotibi kamolmadaminov — Kamol Madaminov
Kanal manzili: @kamolmadaminov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Channel for work
iOS developer
@DeveloperKamol

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-01-31 05:54:01 Va u kunda hatto o‘z ota-onasidan ham qochilur.

Ana o‘sha kunga zahira bo‘lsin deb, bir savobli amal qilmoqchi edim.

Uydagilarga sal og‘ir keldi, meni bu amalni qilishimni ta‘qiq qilishdi.
Aslida ularniyam tushunsa bo‘ladi.

Menga jonlari achidi.
Men ham o‘z holimga achingandim, faqat u Kundagi holimga...

Va qo‘rqamanki, yaqinlarimning menga achingani menga hech qachon foyda bo‘lmas.

Foyda bo‘lmasa ham mayli, faqat, zarari tegmasa bo‘ldi...
79 views02:54
Ochish/sharhlash
2022-01-05 18:15:07 3,5 SOAT UYQU BILAN 8 SOAT DAM BO'LADI-chi?

1. Uyquga aloqador gormonlar:
Avvalo, tanamizni sog'lom ushlab turadigan ba'zi gormonlar mavjud va bu gormonlarning muvozanati ma'lum soatlarga ega. Misol uchun, tanamizni sog'lom saqlaydigan kortizol gormoni darajasi ertalab qonda eng yuqori bo'ladi. Bu daraja kun davomida asta-sekin pasayadi va tungi soat 23:00 da eng past darajaga etadi. Yana bir gormon - melatonin o'sish va tana salomatligini himoya qiladi. Uning eng yuqori vaqti 21:00 dan 03:00 gacha.

2. Uyqu vaqti va kasalliklar:
Soat 22:00 da qon bosimi va yurak urish tezligi pasayadi, 04:00 dan keyin esa qon bosimi va yurak urishi tezlasha boshlaydi. U 15:00 dan 18:00 gacha eng yuqori darajaga etadi. Shuning uchun qon bosimi va yurak urish tezligi yuqori bo'lgan va hujayralar eng yuqori darajada ishlayotgan tushdan keyin uxlamaslik kerak. Aks holda, u yuqori qon bosimi va yurak kasalliklarini chaqiradi. Shu bilan birga, bu soatlar kerahat vaqtlari bo'lib, diniy uyquga to'g'ri kelmaydi.

3. Odam 3,5 soat uxlab 8 soat uxlagandek bo'lishi mumkin.
Kechqurun 22:00 dan 02:00 gacha bo'lgan uyqu 200% samarali. Boshqacha aytganda, bu soatlar orasida 3 soat uxlasangiz, xuddi 6 soat uxlagandek bo'lasiz. Kunduzi soat 10:00 dan 13:00 gacha, ya'ni ertalab uxlash 400% samarali bo'ladi. Bu soatlar orasida yarim soatlik uyqu 2 soatlik uyquga to'g'ri keladi. Shuning uchun kechasi 3 soat, kunduzi 0,5 (yarim) soat uxlagan odam 3,5 soat uxlagan ko'rinadi. Aslida, bu 8 soatlik uyquga o'xshaydi. Har qanday uyqusizlik ham sezilmaydi.

Shuningdek, tushdan keyin va 03.00 dan keyin uyquning 50% samarali bo'ladi. Boshqacha aytganda, tungi soat 03:00 da yotadigan odam 15:00 da uyg'onsa, u 12 soat uxlaydi, lekin o'zini 6 soat uxlagandek his qiladi.
104 views15:15
Ochish/sharhlash
2021-10-29 05:07:50 Musibatimiz shundaki, turmush qurish yo‘llarini benihoya qiyinlashtirib yuborilgan. Zino qilish esa bemalol.

Onalar o‘g‘illarining bitta osh berib uylanib olishini ko‘tarolmaydilar, otalar eridan ajragan qizining ikkinchi turmush qilishini ko‘tarolmaydilar.

Odamlarning gap-so‘zlaridan qo‘rqiladi. O‘zini ham, o‘sha gapiradiganlarni ham yaratgan Zotdan esa hech kim qo‘rqmaydi.

Alloh bizga rahm qilsin, ahvolimizni o‘zgartirsin.

Jamoliddin Muhammadjon

Yanada ko'proq: #oila_qurish

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
76 views02:07
Ochish/sharhlash
2021-10-14 07:36:52 Omadli startap yaratish

• Konkret auditoriyani, loyihangning maqsadini aniqla


• Asosiy sarmoya(investor tomonidan) loyihaning MVP'si chiqqandan so'ng izlaniladi


Startap uchun eng yaxshi g'oya:

1. Xalqaro muvafaqiyatli startaplarni mahalliylashtirish
2. Vaziyatlarda g'oya emas, muammo qidirib yuring


Startap jamoada o'zidan kuchli mutaxassislarni ushlab turish uchun?
• Ularga ma'lum oylik emas, ulush belgila.

(DATA o'quv markazida Usmon Rahimjonov bilan bo'lgan treyningdan xulosalar)
95 viewsedited  04:36
Ochish/sharhlash
2021-10-12 07:14:40 Эътибор берганмисиз, ишлайдиган аёл иш жойида, эркак билан бир хил вақтда бир хил вазифани бажаради. Кейин эркак уйга дам олгани келади, аёл эса уй ишларини қилгани.

Шу адолатданми?

@MubashshirAhmad
67 views04:14
Ochish/sharhlash
2021-09-27 07:40:04 Tijoratda baraka omillari

Abror Muxtor Aliy "Oxun Bobo" masjidida qilgan ma'ruzasidan xulosalar:

• Tijoratchi sahar tursin. Zero, "Ummatimning sahariga barokat berildi"
• Qarz olib qilingan tijoratdan baraka umid qilinmaydi
• Sotilgan narsani qaytarib olishga rozi bo'lgan tijoratchining qiyomatda gunohlari qaytarib olinadi

Tijoratda asosiy shartlar:
1. Rostgo'ylik
2. Omonatdorlik
3. Saxovatgo'ylik
4. Ozgina foydaga bo'lsayam sotish

Va albatta xayr so'rab duo qilish, nafaqat tijoratda, hamma jabhalarda barakaning asosiy omilidir.

#insights
88 views04:40
Ochish/sharhlash
2021-09-16 18:11:06 Nega viloyatlarda tadbirkorlik poytaxtdagiday rivojlanmayapti?

Yaqinda Toshkentga borib kelib, nega tadbirkorlar viloyatlarda franshiza ochishdan (murakkabroq bo'lsada) chet davlatda ochishni ma'qul ko'rishini angladim.

Xorazm, aynan Urganch O'zbekistondagi eng rivojlangan joylardan.

Lekin:

1. Saviya

2. Madaniyat

3. Fikrlash doirasi(dunyoqarash)

4. Taraqqiyot

- jihatdan Toshkent'dan anchagina (inson qoniqmaydigan darajada) orqada qolishda davom etar ekanmiz, brendga aylangan kompaniyalarimiz viloyatlarda filial ochishni xayoligayam keltirmaydi

Yechim:

Ta'lim tizimimizda muloqot va munosabatga doir hech narsa o'rgatilmaydi. Bular barchasi oiladan o'tadi.

Oila yetakchisi aynan munosabatlar va madaniyat jihatidan kichik avlodga o'rnak bo'lishi va ular bilan muloqotni ko'paytirishi zarur!

#goyalarQopqoni'dan
77 views15:11
Ochish/sharhlash
2021-07-20 08:09:45 Xayitning xoyri va barokati barchamizga bo'lsin
54 views05:09
Ochish/sharhlash
2021-07-16 21:10:50
No company has a culture, every company is a culture.
A startup is a team of people on a mission, and a good culture is just what that looks like on the inside

"Zero to One"
Peter Thiel
48 viewsedited  18:10
Ochish/sharhlash
2021-06-04 17:20:32 Kecha Xiva shahrida "Biznes marafon" bo'lib o'tdi.

Men ham ishtirok etdim.

Marafonda o'rgangan bilimlarim va insight'lar:

Yetimlarni duosini oling, kam bo'lmaysiz.
-Muhammadali Eshonqulov;
________

YouTubedan o‘rganish bu basseynda cho‘milish bo‘lsa, kitob o‘qish bu - diving(chuqur sho‘ng‘ish).
-Feruz Allayev
________

Kitob
dan o‘rganganingizni 5 yoshli bola tushunadigan darajada tushuntirib bering. Shunda o'qigan kitobingizni yaxshi tushungan bo'lasiz.
-Rahmat Sobirov
________

Agar SIZ "Bugun oxirgi kunim",-deb t
asavvur qilganingizda maksimal potensialingizdan foydalanardingiz.
-
Muhammadali Eshonqulov
________

Maqsadga erisholmayotgan bo‘lsangiz, maqsadni emas, unga oli
b boruvchi instrumentlarni o‘zgartiring.
-Jahongir Po'latov
________

To
libi ilmga bitta xurmo sadaqa qilishingiz - Uxud tog‘i bilan teng oltin konini barchaga ehson qilishingizdan afzal!
-Muhammadali Eshonqulov
________

Kambag‘alga, yetimga, talabaga ehson qiling. Albatta, ko‘payib qaytadi.
-Muhamadali Eshonqulov
________

Mahalliy valyutad
an boshqa valyutada hech qachon qarz olmang.
-Husan Mamasaidov
________

Orzudan ko'proq qo'rquv motivatsiya beradi! Siz qo'rquvdan motiva
tsiya olishga harakat qiling.
-Umidjon Ishmuhammedov
________

Atrofingizda kritik fikrlovchi kishilarni yig‘ing. Ustozlaringizdan kamchiliklaringizni so‘rang.
Shundagina o'sasiz!
-Jahongir Po‘latov
________

Boshqalarni baxtli qilayotgan bo'lsangiz, bilingki, Siz haqiqiy LIDERSIZ!

Umidjon Ishmuhammedov
________

Muvaffaqiyatsizlikning 3 ta asosiy omili:
Zino; qimor; xamr kishini xarob qiladi.

Muvaffaqiyatning 3 ta asosiy omili:
1. Pulni birinchi maqsad qil
mang;
2. Har narsada burgaga achchiq qilib ko‘rpani yoqmang;
3. Jismoniy, aqliy, ruhiy rivojlaning.
-Muhammadali
Eshonqulov
________

Ekologiya yoki tibbiyotni ITga bog‘liq sohalari tez orada trenddagi kasblarga aylanadi.
-Temurbek Adhamov

________

Qays
i kasbda bepul ishlashga, umr o‘tkazishga, jon berishga rozisiz? Bu sizi haqiqiy kasbingiz bo‘ladi.
-Muhammadali Eshonqulov

________


P/s. Marafondan olingan bilimlar - unchalik ham saviyali
bo'lmagan savollarga berilgan javoblardan yuzaga keldi. Shuning uchun savollar keltirilmadi .
55 viewsedited  14:20
Ochish/sharhlash