Get Mystery Box with random crypto!

#Foydali Neyrolingvistika haqida eshitganmisiz? Neyrolingvis | Kamola Sadirova | Defektolog-psixolog

#Foydali

Neyrolingvistika haqida eshitganmisiz?

Neyrolingvistika
- psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarini birlashmasi bo'lib, "nutq faoliyatining miya mexanizmlari va miya bo'limlari shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan nutq jarayonlaridagi o'zgarishlar" ni o'rganadi.

Oddiy qilib aytganda, til va miya orasidagi bog'liqliklarni o'rganadigan fan.

Til o'zi miyamizda qanday ko'rinishga ega? Agar miyamizning bosh suyagini ochishsa, u yerda hech qanday "Ot, sifat, ravish, kelishik, sifatdosh" degan yozuvlar yo'q. U yerda faqatgina miya hujayralari - neyronlar bor.


Xo'sh, gapirishni bilamiz, lekin o'zi qanday qilib to'g'ri gapiramiz?

- Miyada so'zlashuvimizga javob beradigan bo'lim bormi?

- Nutq faoliyati davomida bizning nerv tizimimiz qanday ishlaydi?

- Til o'rganish jarayonida miyada qanday o'zgarishlar bo'ladi?

- Biz tushunmaydigan tildagi nutqni miyamiz qanday qabul qiladi?

Bu savollarni barchasini aynan neyrolingvistika o'rganadi.

@Kamola_Sadirova