Get Mystery Box with random crypto!

Ochiq kundalik

Telegram kanalining logotibi kamol_azzam — Ochiq kundalik O
Telegram kanalining logotibi kamol_azzam — Ochiq kundalik
Kanal manzili: @kamol_azzam
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 311
Kanalning ta’rifi

Kundalik qoralamasi

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-03-02 16:41:00
Gado

Men sizdan uzr soʻrayman
Xudo haqqi.
Axir, hech narsa qilmadim, ha,
ammo siz bir xayrli ish qiling —
kechiring.
Yoʻlda ketaturib, ichingizda pichirilab qoʻysangiz ham,
mayda boʻlsa ham,
hech kim koʻrmasa ham,
soʻrovimga tegishlisini berib oʻting.
Hech boʻlmasa, oʻz-oʻzingizga ehson qiling.
Albatta, ehsonning mukofoti faqat ehsondir...

K. A.
210 viewsKamoliddin, 13:41
Ochish/sharhlash
2023-03-02 15:12:18
Doʻppi yarasharkan
188 viewsKamoliddin, 12:12
Ochish/sharhlash
2023-03-02 08:14:46 Mana 11 kundan beri Bo‘stonliqning bir burchagidagi oromgohdaman. Birinchi mavsumdagi o‘quvchilarimni kuzatib, yana bir guruhini qabul qilib ham oldim. Hozir gap bu haqda emas.
Oromgohga kelishda 5 ta kitob olib kelgandim. Xayolimda “bo‘sh vaqtim ko‘p bo‘ladi, hammasini o‘qib chiqaman” degan balandparvoz o‘ylar bor edi. Ha, bo‘sh vaqtim yetarlicha topilyapti. Ammo kitob o‘qish kitobxondan ruhiy tayyorgarlik va mulohazakorlikni talab qiluvchi jarayon. Shu sababdan ham hali bittasini ham tugatmadim oxirigacha.
Anna Frank kundaligini o‘qiyapman. Mutolaa davomida ikki xil dahshat ichidaman — kitobdagi urush va imlo xatolaridan tug‘iladigan dahshatlar! Kitob “iRead.uz” loyihasi muallifligida “Factor press” nashriyotida chop etilgan. Musahhih haqida ma'lumot yo‘q, kitob holatiga ko‘ra, u bo‘lmagan ham. Xay, bu endi doimiy uchab borayotgan alohida bir fojia.
Kundalikni mutolaa qilarkanman, tasodifan qayerda ekanim yodimdan ko‘tariladi. Tabiatim INFP-T bo‘lgani uchundir, o‘z qayg‘umga qaraganchalik befarqlik qila olmayman o‘zgalar dardiga. Hatto, asar qahramonlariga ham. Bu esa kitob o‘qishdan olinadigan zavqni ikki hissa oshiradi: ular bilan birga xavotirga tushaman, eshik taqillasa, diqqat bo‘laman ulardek, ovqatim tugab qolayotgandek his etaman. Hozir qirg‘indan qochayotgan yahudiylardan farqim yo‘q — xavotir va halovatsizlik ichimni kemirayotibdi. Tushlarim tugul, o‘ngimda ham shunday behalovatman.

Siz qaysi kitobni o‘qiyapsiz?
199 viewsKamoliddin, 05:14
Ochish/sharhlash
2023-02-28 23:51:24
Toʻrt tarafim Xudoga toʻla,
Yoʻlimni ber, yaratgan Egam...
194 viewsKamoliddin, 20:51
Ochish/sharhlash
2023-02-27 21:09:17
Qadamlari og'ir mardlarmi tog'lar?
Ko'ksimdagi mayda dardlarmi tog'lar?
Yoxud kiprikdagi gardlarmi tog'lar?
Tog'lar ko'hna erur, savollar ko'hna
Tog'lar yoniga bor, yonimga qaytma.

Gulrux Xudoyorova
218 viewsKamoliddin, 18:09
Ochish/sharhlash
2023-02-22 00:45:40 Bugun birinchi marta Vikipediya bo‘yicha bilganlarimni boshqalarga ulashdim. Dastlab muammolar bilan bo‘lib, guruhga kechroq kirishga majbur bo‘ldim. Sal qolsa, dars emas, karaoke qilib yuborisharkan o‘ziyam.
Kelib ham darrov dars boshlashning iloji bo‘lmadi — xona juda yorug‘ligi sabab proyektor foyda bermadi, boshqa xonaga ko‘chishga to‘g‘ri keldi. Xullas, torgina xonada amallab dars boshladik. Internet masalasi va boshqa sabablar bilan u-bu bo‘lib, ikki soatcha Vikipediyani tushuntirishga vaqt sarfladim. Orada qisqa tanaffus qildik.
Tongda dars o‘tishim kerak yana. Bu safar bolalarga tarjima qilishni o‘rgatishim kerak. Hozirgina qo‘zilarim uchun tarjima qilinadigan maqolalar navbox'ini yaratdim. Endi uxlasam bo‘lar)))

p.s. Aytgancha, ikkita o‘quvchim omma oldida nutq so‘zlash bo‘yicha finalist. Ertaga ularning ham natijalari zo‘r bo‘lsa, yakunda yaxshigina nom bilan qaytish bor rejada.
365 viewsKamoliddin, 21:45
Ochish/sharhlash
2023-02-21 11:05:47 Demak... Hozir men ijara uyimdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 78 km, yo‘l bo‘ylab kelinganda esa 105 km uzoqlikda — Bo‘stonliqdaman. Avvalgi kunlardan ko‘ra o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman.
“Ibrat&Wiki” oromgohida bu safar administrator sifatida ishtirok etyapman. Kecha guruhimdagi bolalarim (qo‘zilarim) bilan tanishib oldim. Demak, endi kamida bir hafta ular bilan birinchilikda bo‘lish uchun harakat qilishim kerak. Bu o‘ziga xos mas'uliyat va javobgarlik talab etadi. Hozircha hammasi yaxshi ketyapti, albatta. Guruhimda bilimli va tirishqoq bolalar yig‘ilgan. Ammo bu yetarli emas hozircha. O‘zimga tegishli tomon — Vikipediya masalalari biroz cho‘chitib turibdi. Hozircha koordinatorim bilan ayrim rejalarni ishlab chiqdik, menimcha, bu yordam beradi.
Odamlar bilan muloqotni maksimal kamaytirishga, har kuni kitob mutolaa qilishga (hozir “Anna Frank kundaligi”, “Quyosh baribir chiqaveradi” va “Telba”ning ustidaman), tartib bilan yashashni o‘rganishga va sochim bilan shug‘ullanishga harakat qilyapman.
Kunduzi havo yoqimli, kechasi ancha salqin bo‘lyapti. Yerda haliyam tizzadan baland qor turibdi. Umid qilamanki, ketgunimizcha qahratonga yoki kuchli qor bo‘roniga kunim qolmaydi. Yashash kerak, nima qilib bo‘lsa ham, buni eplash shart.
361 viewsKamoliddin, 08:05
Ochish/sharhlash