Get Mystery Box with random crypto!

Baʼzan bu qudratning elementi odatiy hayot tarzida ham sezilib | Ochiq kundalik

Baʼzan bu qudratning elementi odatiy hayot tarzida ham sezilib qoladi. Nega erkak kuchli boʻlishga majbur, oʻzini kuchli koʻrsata olishi kerak, degan savolning javobi ham shunda, aslida. Chunki erkaklar hamisha oʻz qudratini saqlab qolishga intiladi.
Erkakning qudrati refliksiv shakllantirilgan. Oʻgʻil bolaga kichikligidan “sen yigʻlamasliging kerak” deb uqtiriladi, kuchli boʻlishga daʼvat etiladi. Aks holda, u qiynalib erishgan patriarxal turmush tarzini osongina boy beradi. Ayol oʻziga berilgan “ojiza” sifatida ham erkakni titratib turuvchi ana shunday kuch egasi. Ehtimol fikrim biroz tarqoq tuyular, biroq xulosa shuki, hech bir erkak bir ayol kabi qudrat sohibi emas.
Tarixga qarasak ham, deyarli barcha ulkan ixtiro va kashfiyotlarning ortida nomi qayd etilgan-qayd etilmagan ayollar turadi. Neytron yulduzlar kashfiyotchisi ham, birinchi dasturchi ham, mashina oynasini tozalagich ixtirochisi ham, ilk ikki karra Nobel sohibi ham, Kol hukumatini 90-yillardan talafotsiz olib chiqqan ham, birinchi marta ham Oʻzbekiston, ham AQSh prokurori boʻlgan kishi ham, Oʻzbekistonning birinchi ilmiy-tekshirish laboratoriyasi asoschisi ham, Olimpiada oʻyinlarida eng koʻp ishtirok etgan rekordchi ham ayol kishi. Ushbu roʻyxat juda uzoq davom etishi mumkin va bu faqatgina nomi aniq qayd etilganlarigina, xolos.
Aziz opa-singillarim! Oʻzingizning naqadar ulkan salohiyatingiz borligini hech vaqt unutmang. Asrlar davomida sizga singdirilgan ojizalik va muteʼlik kabi xos boʻlmagan, sunʼiy sifatlarni buzib, dunyoda mustaqil “men”ingizni yarata oladigan darajada sabotli boʻling. Buguningiz emas, ayol boʻlib yashayotgan har bir kuningiz bayram sizga.
Yashashga intiling, urining, harakat qiling va yashang! Bayramingiz muborak boʻlsin.